Popup

Главная » YANGI SHERLAR » Men do'stimni yoʻqotib qoʻydim (Do'st haqida sher)

Men do'stimni yoʻqotib qoʻydim (Do'st haqida sher)

Men do'stimni yoʻqotib qoʻydim  (Do'st haqida sher)
Hayotimda eng yaqinimni,
Jondan ortiq koʻrgan odamni,
Mehribonim ham yagonamni,
Men doʻstimni yoʻqotib qoʻydim.

Qachongacha arazlar ekan?
Qachongacha qochib yurarkan?
Qiynalganim u bilarmikan?
Men doʻstimni yoʻqotib qoʻydim!

Dardlarimni aytolmayapman,
Hech qayerdan topolmayapman,
Ne qilishni bilolmayapman,
Men doʻstimni yoʻqotib qoʻydim!

Bir bor imkon berganda edi,
Menga quloq solganda edi,
Qiynalganim bilganda edi,
Men doʻstimni yoʻqotib qoʻydim!

Faqat unda boʻldi hayolim,
Nursiz boʻlib qoldi hayotim,
Javoblarsiz qoldi savolim,
Men doʻstimni yoʻqotib qoʻydim!

Aytolmadim bir- bora uzr,
Topolmadim shundan soʻng huzur,
Hamma qoldi, lekin, MOHINUR!!!
Men bir seni yoʻqotib qoʻydim!

Hamma ayb asli oʻzimda,
Yosh qolmadi yigʻlab koʻzimda,
Oʻhshamasdan qoldim oʻzimga,
Men oʻzimni yoʻqotib qoʻydim!

Begi



«Men do'stimni yoʻqotib qoʻydim (Do'st haqida sher)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]