Главная » YANGI SHERLAR » Meni yomon ko'rgan odamlar

Meni yomon ko'rgan odamlar

Meni yomon ko'rgan odamlar
Meni yomon sindirdi hayot!
Yuragimni cho'qidi g'amlar.
Qismatimga soldilar qarmoq,
Meni yomon ko'rgan odamlar!

G'iybatimni qilib to'ymadi.
Gunoh to'kar, qutlug' qadamlar!
Sizni yomon ko'rib bo'lmadi.
Meni yomon ko'rgan odamlar!

Axir biz ham farishta emas!
Bizlarda ham bo'ladi kamlar.
Yo'limga tosh otib charchamas,
Meni yomon ko'rgan odamlar!

Netay sizga rahmim keladi.
Quchganida meni zafarlar!
Sizga qarab kulgim keladi.
Meni yomon ko'rgan odamlar.

Jig'ingizga tegib yuraman.
Ataylabdan o'yin qilaman.
Men sizlarni yaxshi ko'raman!
Meni yomon ko'rgan odamlar!

Solih Sulton



«Meni yomon ko'rgan odamlar»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]