Главная » YANGI SHERLAR » MILLIYLIKNI SAQLAYLIK (2019)

MILLIYLIKNI SAQLAYLIK (2019)

G'arbga intilib olomon, kechmoqda o'zligidan,
Milliy qadryatlarin, ko'mib tuproq qa’riga.
Ona-tilin unutib, yiroqlashar Vatandan,
Mehr hissin yo'qotib, shukr qilmas boriga.

Noodatiy udumlar, kirib keldi qayerdan?
Be'mani qarashlari, haddan tegdi-ku jonga!
Zamon bilan ham-ohang yasharmishsan bugundan,
Nasihat-u o'gitlar, aylanganmish yolg'onga.

O'zbegim madaniyati, e'zozlangan azaldan,
Yetti iqlimdan o'tib, yetib borgan olisga.
Zamonaviy oilamiz, o'rgildim deganlardan,
Sharmsiz turmush tarzi, do'stlar ne boldi bizga?

Yetar sha'nimiz toptab, chiqmaylik chegaradan,
Iymon, vijdon yo'qolsa, muqarrarmiz jazoga.
Dinimizni mustahkam saqlaylik bo'shliqlardan,
Ajdodlarni yod aylab, qo'l ochaylik duoga.

Ibo, vafo, kamtarlik ayrilmasin sizlardan,
Kerak bo'lsa, Ovropa o'rnak olsin bizlardan.

Yusupova Zulfiya.



«MILLIYLIKNI SAQLAYLIK (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]