Главная » YANGI SHERLAR » Musofir erkaklar

Musofir erkaklar

Ota onam oilam kami to'lsin deb,
Musofir yurar birim ikki bo'lsin deb.
Ilm olsin borimda o'g'lim qizim deb,
O'zga yurta musofir yurgan erkaklar.

Mexnat qilar hudodan baraka so'rab,
O'zga yurtni doyim begona sirab.
Tunlar uxlolmay juftu halolin o'ylab,
O'zga yurtda musofir yurgan erkaklar.

Bazida ko'ngliga qil ham sigmaydi,
Asl erkaklar aslo ishdan qochmaydi.
Musofirni dardini kofir bilmaydi,
O'zga yurda musofir yurgan erkaklar.

Bu hayot kimga shirin kimgadir taxir,
Dard kelganda sher yozar dard qo'shib Qodir.
Chunki u ham musofir bir oddiy shoir,
O'zga yurtda musofir yurgan erkaklar.
Azobini yashirib kulgan erkaklar.

Muallif: Qodir Qaxxor



«Musofir erkaklar»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]