Главная » YANGI SHERLAR » NIGINA Qizlarga atalgan sher

NIGINA Qizlarga atalgan sher

''NIGINA''
Qalbim zulfin chertgan go'zal,
Yurak dardni tortgan go'zal,
Sog'inchlarim ortgan go'zal,
Tabibim bo'l g'arib ko'nglima
Sevgin meni kelgin Nigina.

Beg'amligim ortda qoldi,
Hijronga dil oshno bo'ldi,
Zimiston soch oqqa to'ldi,
Rahming kelsin gulim salgina
Sevging bilan siyla Nigina.

Osmonim zulmat sevgingsiz,
Yozim ham yozmas mehringsiz,
Ko'zing kularmu Majnunsiz,
Oshiqiy devonang sezgina
Kuygil-ey suygil-ey Nigina.

Ko'zing charos, labing gilos,
Arazchi oy chiroyi oz,
Oshiqingman Majnunga xos,
Visolingni olis aylama
Sog'intirma meni Nigina.

Ikkimiz hech ayrilmaymiz,
Araz-u gina qilmasmiz,
Doston bo'ladi sevgimiz,
Gul bargiga to'kil Kamina
Ikki yuzing tutgil Nigina.

Qalbim zulfin chertding go'zal,
Ko'nglima ishq berding go'zal,
Dilda mangu qolgin go'zal,
Visol nasib etsin ko'nglima
Sevgin meni sevgin Nigina.



«NIGINA Qizlarga atalgan sher»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]