Главная » YANGI SHERLAR » Nola

Nola

Sen g'aribmi yoki men g'arib,
Bo'lmadik birga, g'amlardan arib.
Tashna yuragim armonda hamon,
Vasling shayiga yetmoqlik gumon.

Adashdim yana qaysi yo'llarda,
Dardlarim osmon qumsiz cho'llarda.
Poyoni yo'qdir ishqning ertagi,
Shuncha azoblar kimga keragi.

Ortimdan toshni otishib to'p-to'p,
Nechun qiynaysiz dilni qaqshatib.
Qo'ying bizlarni baxtdan ayirmang,
Sizlarga ne naf gunohga botmang.

O'ksinma gulim yorug' kun kelar,
Yomon tushlardek qayg'ular ketar.
Yengilma aslo qalbingni g'ashlab,
Alvido,-deya ko'zlarin yoshlab.

Yusupova Zulfiya.



«Nola»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]