O'lsam

O'lsam

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: O'lsam
  • Дата релиза: 20-11-21, 18:15
O'lsam
O'lsam
Eslab qo'ying bir kunda bir bor,
Qabrimda quvonib yotay hech yo'g'i.
Yig'lamang, jonsiz tan chekmasin ozor,
Kuydirmasin deyman ko'zyoshning cho'g'i.

O'lsam, yaxshiligim dunyoga yoʻying,
Siz tufayli hamma bilsin qadrimni.
Tanish-bilishlarni ko'nglini oling,
Berkiting iltimos hamma aybimni.

O'lsam ruhim kezar yerda, samoda,
Sizni yo'qlagani kelib turaman.
Yuzingiz silayman suvda, havoda,
Tushingizda shirin suhbat quraman.

O'lib ketsam agar she'rlarim tinglang,
Qaysidir birida haqiqati ko'p.
Siz mendayin lekin rutubat bilmang,
Bilaman she'rimda dardlarim to'p- to'p

O'lib ketsam, agar farzandlarimni,
Sal tergab turinglar bebosh bo'lmasin.
Yodiga soling siz aytganlarimni,
Yuragi nafratga to'lib o'smasin.

O'lsam, sizdan yana bitta o'tinchim,
Qabrimga har-harda rayhon keltiring.
Balki shu qabrda toparman tinchim,
Pichirlab bo'lsa ham yodimdasan deng!

Azalbegim

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: