Главная » YANGI SHERLAR » O'n sakkizga to'ldimku deya
O'n sakkizga to'ldimku deya

O'n sakkizga to'ldimku deya

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: O'n sakkizga to'ldimku deya
  • Дата релиза: 16-06-20, 23:07
O'n sakkizga to'ldimku deya
O'n sakkizga to'ldimku deya
Bir qiz beboshlikka berildi.
Otasin mag'rur turgan qaddi
Majnuntoldek yerga egildi.

Go'zal edi chindan ham nafis
Tabiati yengil ekanda.
Onasiga salom bermaydi
Ko'cha kuydan uyga kelganda.

Ota ona eplolmay qoldi
Gap gapirsa ketaman deydi.
Uydagilar mehriga muhtoj
U mehrni ko'chaga berdi.

O'yin kulgu kundalik odat
O'qishgaku havas qilmaydi.
Chalasavod edi maktabda
Ismin to'g'ri yozish bilmaydi.

Kunlar o'tdi shu zaylda tez
Qizning nomi olamga doston.
Qo'ni qo'shni bu qizni ko'rib
Yoqa tishlab bo'lishar xayron.

Bolalikdan bir qo'shni yigit
Uni jondan yaxshi ko'rardi.
Singlisidan tez tez u haqda
Ahvolini so'rab turardi.

Muhabbati pokiza ekan
Yigit qizni o'zgartirmoqchi.
Hamma yomon deydigan qizga
Yigit sovchilar yubormoqchi.

Qiz otasi hursand taklifdan
Kelin bo'lib quyular dedi.
Shu yigitga zo'rlab bo'lsa ham
Xotin qilib qizini berdi.

To'ydan uch kun o'tib shu yigit
O'z yoriga(quronni)berdi.
O'qib chiqib har bitta joyin
Menga so'zlab berasan dedi.

Bilsang bizni dini islomda
Erkak kishi buyuk sanalar.
Ayollar ham iffatda tengsiz
Xatto o'z juftidan uyalar.

Shunday o'tdi qizning hayoti
Eri har kun qilar nasixat.
Axloqi ham o'zgardi bugun
Bugun unda kuchli oriyat.

Otasi ham hursand kuyovdan
Yomon qizin yaxshi qilgandi.
Shunday kunlar keladi deya
U ham avvalroqdan bilgandi.

Qiz uyiga bordida bir kun
Yig'lab uzur otajon dedi.
Sizni juda uyaltirganman
Aqlim bugun joyiga keldi.

Ota qizni quchib yig'laydi
Ering rozi qilgin dilbandim.
Seni dildan qattiq sevarkan
Sen hammadan unga keragim.

Bugun esa o'sha mard yigit
Xonadoni sevinchga to'ldi.
Xudoning marhamati bilan
Uch egizga u ota bo'ldi.

Balki olloh bir bebosh qizni
Xaq yo'liga soldinku dedi.
Shuning uchun o'sha yigitga
Birdaniga uch farzand berdi.

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza Fayzirahmon qizi...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: