Главная » YANGI SHERLAR » O'zbegimning qizlari

O'zbegimning qizlari

O'zbegimning qizlari
Sochlari bo'yidan o'tadi
Jilmayib asta ketadi
Bitta kulsa yetadi
O'zbegimning qizlari

Yuzi oydek nurli
Ko'ylaklari gulli
So'zlari asalli
O'zbegimning qizlari

Qoshiga qalam tegmagan
Sochi oyog'in o'pgan
Mini yupka kiymagan
O'zbegimning qizlari

Uyni toza tutadi
Har kun mehmon kutadi
Dardin ichiga yutadi
O'zbegimning qizlari

Atlas doppi yarashadi boshiga
O'smalari yarashadi qoshiga
Ko'ylaklari yarashadi yoshiga
O'zbegimning qizlari

Mashrabbek Rakhimjonov



«O'zbegimning qizlari»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]