Главная » YANGI SHERLAR » O'zbek qizlari haqida sher (2019)

O'zbek qizlari haqida sher (2019)

Ibo-hayo sizdadir, go'zal o'zbek qizlari,
Malohatda tengi yo'q, yuzlari qirmizlari,
Kiysangiz yarashadi xoni atlas ko'ylaklar,
Boshingizda barq urar yoqut naqshiy do'ppilar.

Chorlagudek bo'lsangiz, chaqnab turar ko'zlari
Shirinsuhan so'zlari, soddagina o'zlari.
Mohi-oyim poshsholar, xonzodalar, sanamlar
Ko'z tegmasin husninggizga, qoshi qaro qalamlar.

Sodiq qalblar egasi, sevgingiz to'lib-toshar,
Porlab turgan quyoshdek mehringiz osmon oshar.
O'sma, surma sursangiz, barchani suydirasiz,
Bir qarashda rom aylab, yondirib-kuydurasiz.

Nozik, nafis nozlari dilni masrur aylaydi,
Ochiq, sofdil qalblari ko'ngillarni ovlaydi.
Olamda qizlar ko'pdir, lek sizlardur yagona,
Gavharmisiz yo zumrad, o'xshashi yo'q durdona.

Yusupova Zulfiya.



«O'zbek qizlari haqida sher (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]