Главная » YANGI SHERLAR » O'zing uchun ham yashagin ayol

O'zing uchun ham yashagin ayol

Bolam deb jonningni qurbon aylading,
Yelkangga tuganmas ro'zg'or boylading,
Dardlaring aytolmay yolg'iz yig'lading,
O'zing uchun ham yashagin ayol.

Tashvishdan ortolmay damni unutding,
Xo'rlikka ko'z yumib alamni yutding,
Mashaqat ketidan rohatni kutding,
O'zing uchun ham yashagin ayol.

Jilmayib dunyoga mehringni sochding,
Yuragi zorlarga ko'nglingni ochding,
Atirgul sanchig'in bag'ringga quchding,
O'zing uchun ham yashagin ayol.

Yusupova Zulfiya.



«O'zing uchun ham yashagin ayol»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]