Odamlar

Odamlar

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Odamlar
  • Дата релиза: 29-10-21, 16:07
Odamlar
Imkonga o‘xshaydi bazi odamlar,
Mehri ila darding tuzatadilar.
Tikonga o‘xshaydi bazi odamlar,
Sanchilib, yig‘lashing kuzatadilar

Rizvonga o‘xshaydi bazi odamlar
Yuzinga shodonlik ulashadilar
Hayvonga o‘xshaydi bazi odamlar
Faqat nafsi uchun kurashadilar.

Vijdonga o‘xshaydi bazi odamlar
To‘g‘ri yo‘lni topsang, alqab suyarlar.
Zindonga o‘xshaydi bazi odamlar
O‘zingni o‘zinga qamab qo‘yarlar.

Dostonga o‘xshaydi bazi odamlar
Dardini dunyoga tinmay aytadi.
Chistonga o‘xshaydi bazi odamlar
Sirlarga o‘ralib yashab o‘tadi.

Shaytonga o‘xshaydi bazi odamlar
Gunohga botsangiz huzurlar qilar
Iymonga o‘xshaydi bazi odamlar
Ko‘rsatgan yo‘lidan ajrlar tilar

Xaqiqiy oshiqdir bazi odamlar
Bir yorni sog‘inib, suyib o‘tarlar
Maьnosiz qo‘shiqdir bazi odamlar
Yoqimsiz sayrab, so‘ng olqish kutarlar

Dildorga o‘xshaydi bazi odamlar
Xammaga yaxshilik tilab yuradi.
Yuragi dardlarga to‘lib ketsa ham
Bildirmay, jilmayib kulib turadi

DILDORA ABDINAZAROVA

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: