Главная » YANGI SHERLAR » Ohim

Ohim

Asli ko'nglin mendamas aytgin,
O'g'irlagan o'sha sokin tun,
Yod tuyg'ular shaxdidan qaytgin,
Asir aylab yig'latar bir kun.

Chiroyliasan nozik niholim,
Qachon yetar qalbingga ohim

Misli yulduz olisdan boqib,
Oy yuzingga mubtalo jonim.
Sho'x yomg'irdak boshingga tomib,
Nam sochlaring o'rayin tolim.

Chiroylisan nozik niholim,
Qachon yetar qalbingga ohim.

Ajiblanma kapalak bo'lib,
Dudog'ingdan bo'salar olsam.
Atrofingda giryon aylanib,
Quchog'ingda xotirjam o'lsam.

Chiroylisan nozik niholim,
Qachon yetar qalbingga ohim.

Hayotning har lahzalaridan,
Zavq olaman borligin eslab,
Hech tuganmas javhalaridan,
Intizorman yo'llarin poylab.

Chiroylisan nozik niholim,
Qachon yetar qalbingga ohim.

Yusupova Zulfiya.



«Ohim»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]