Главная » YANGI SHERLAR » Ohu misol ko'zlari, Farg‘onamning qizlari
Ohu misol ko'zlari, Farg‘onamning qizlari

Ohu misol ko'zlari, Farg‘onamning qizlari

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Ohu misol ko'zlari, Farg‘onamning qizlari
  • Дата релиза: 31-08-21, 21:06
Ohu misol ko'zlari, Farg‘onamning qizlari
Ohu misol ko‘zlari,
Boldan shirin so‘zlari.
Noz - ibosi yarashgan,
Farg‘onamning qizlari.

Uyalib boqishlari,
Dilga o‘t yoqishlari.
Go‘zal qosh qoqishlari,
Farg‘onamning qizlari.

Xush kalomu, odati,
Oy uyalar tal’ati.
Yaratganning san’ati,
Farg‘onamning qizlari.

Ham ibo, ham hayoli,
Pok, beg‘ubor xayoli.
Ilmu odob, ziyoli,
Farg‘onamning qizlari.

Mehnat qilib, tolishmas,
Dilga hasrat solishmas.
Yigitlardan qolishmas,
Farg‘onamning qizlari.

Sochiga yel parvona,
Ko‘rgan qolur, hayrona.
Nigorayu, Durdona,
Farg‘onamning qizlari.

Chetda qoldi, g‘urur, kek,
Yondim misli olovdek.
Sizga shaydo Sherzodbek,
Farg‘onamning qizlari.
Farg‘onamning qizlari...

Sherzod Komil

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: