Главная » YANGI SHERLAR » Onasidan qo'rqqan o'sha qiz.

Onasidan qo'rqqan o'sha qiz.

Bog'langan bu o'sha rishtalar,
sevgimizga bergan vadalar
nahot aylar qalbda Yaralar
onasidan qo'rqqan o'sha qiz.

Sen yiroqda, ayro yo'limiz
istar ammo, yetmas qo'limiz
Hal etarmu? taqdir yo'limiz.
onasidan qo'rqqan o'sha qiz.

Sensizlikdan qandoq yashayman
Xafta kunlar bir-bir sanayman,
senga yetsam, ishq bayon itsam
onasidan qo'rqqan o'sha qiz.

Savollar ko'p javob topilmas,
Vasling dardim, darmon topilmas
sensiz hayot ma'nisi bo'lmas
onasidan qo'rqqan o'sha qiz.

Yurak dardim bilmaysan aytsam,
hijron yuki qiynaydi alam
Mendik azob chekdingmi sanam?
Onasidan qo'rqqan o'sha qiz.

Muhabbatim ishon yolg'onmas,
Senga bo'lgan fikrim yomonmas
mendik yigit bilgin topilmas
onasidan qo'rqqan o'sha qiz.

Xudoyberdi To'ychiyev



«Onasidan qo'rqqan o'sha qiz.»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]