Главная » YANGI SHERLAR » Oppoq laylak qor 2019

Oppoq laylak qor 2019

Xotiralarni qo’zg’ab yog’ib berdi laylak qor
Yana esimga tushdi ul bevafo go’zal yor
Xo’p ajoyib dam edi qorli qirovli kunlar
Masrur edim baxtimdan shirin tush ko’rib tunlar
Laylak qor yoqqanida uni ilk bor ko’rgandim
Ko’rib uni qalbimda sexrli xis tuygandim
U turardi qarshimda shiringina jilmayib
Qor shu onda atayin yog’ar edi kuchayib
Men xech ko’z uzolmadim betakror ko’zlaridan
Maftun bo’lib qolgandim samiymiy so’zlaridan
U juda dilbar edi kulib turardi yuzi
Kulgichlarida yashirin bor edi shirin nozi
Ilk muxabbatim edi ul bevafo go’zal yor
Uchratgandim men uni yoqqanida laylak qor
Samiymiy suxbatidan zavq olardim bir jaxon
Uchratmagandim avval bundayin shirin zabon
Qo’l ushlashib yurardik bog’lar ichra ikkimiz
Xayolimda bir umir buzilmasdi sevgimiz
Sirdoshim edi tanxo ul bevafo go’zal yor
Tanishgandim u bilan yoqqanida laylak qor
Ko’zimizga tikilib tinmay suxbat qurardik
Yoz oylari qirg’oqdan chig’anoqlar terardik
Axtu paymon qilgandik ul bevafo yor bilan
Qasamxam ichgan edik oppoq nafis qor bilan
Tunlari uxlamasdan o’ylab chiqardim uni
U also sevmas ekan sezmas ekanman buni
Afsus meni tark etdi
Ul bevafo go’zal yor
Sevgan edim men uni
Yoqqanida laylak qor
Ko’rdim boshqasi bilan yurardi bevafoo yor
Samodan esa tinmay yog’ar edi laylak qor
Xotiralarni qo’zg’ab yana yog’di laylak qor
Yurib borardim sekin kumush qish fasli edi
Osmondan biram go’zal laylak qor yog’ar edi
Nogox nazarim tushdi ul bevafo go’zalga
Negadur xarakati o’xshardi telbalarga
Jinni bo’lib qolganmi deb o’yladim men uni
Surishtirib so’ng bildim xaqiqatligin buni
Aqldan ozgan edi ul bevafo go’zal yor
Shundaxam esa tinmay yog’ar edi laylak qor
So’ng biroz vaqtlar o’tdi balki oylar balki yil
Bir fojea bo’lgandi aytolmaydi buni dil
Eshitdimu yig’ladim kelmas edi ishongim
Xar qancha bo’lgandaxam men uni sevar edim
Olamdan o’tgan edi ul bevafo go’zal yor
Doimgidek samodan yog’ar edi laylak qor
Bevafo bo’lsada u yashab yursa bo’lardi
Xayotda baxtli yursa ko’nglim nurga to’alrdi
Qalbim tig’langan edi endichi nima bo’ldi
O’n gulidan bir guli ochilmaganim so’ldi

So’ngi vaqtda negadur ko’proq yolg’iz yurarkan
Laylak qor yoqqanida to’yib to’yib yig’larkan
Yoz oylarim xam yolg’iz dengizlarga borarkan
Qirg’oqlardan erinmay chig’anoqlar terarkan
Avvalgidek shirinmas ekan uning so’zlari
Mayus tortib qolibdi xatto xumor ko’zlari
Oxir chiday olmasdan joniga qasd qilibdi
Tig’ni olib qo’liga tomirlarin tilibdi
Yiqilibdi shu onda ul bevafo go’zal yor
Qonga belanib qopti zamin uzra yoqqan qor
Bevafoyim go’zalim nega meni tark etding
Bechora oshig’ingni sen yolg’iz tashlab ketding
Juda qattiq sevardim tashlab ketgan bo’lsangda
Unutolmayman seni gar marxuma bo’lsangda
Xuzuringa borgandim ey bevafo go’zal yor
Qabring ustiga tinmay yog’ar edi laylak qor
O’ksib o’ksib yig’ladim bag’rim bosib qabringa
Bevafo bo’lsangda sen yetar edim qadringa
Xotiralarni qo’zg’ab endi yog’ma laylak qor
O’rik qiyg’oz gulladi kapalaklar kelishdi
Gullar ifor taratib baxorligin aytishdi
Quvonch baxshida etar ushbu fasli maftunkor
Menchi g’arib, qabringa ko’z tikaman umidvor
Qabring ustida jonim lola bo’lib ochilsang
Asta asta uzilib men tomonga sochilsang
Nega qaldirg’och bo’lib in qurmaysan uyimga
Qanoting qoqib maxzun bo’y urmaysan bo’yimga
Xech bo’lmasa samodan ko’z tikmaysan men tomon
Tushlarimga xam kirmay rangim aylading somon
Ayni damda xotira qiynamoqda dilimni
Bog’da sen uchun ekkan uzgim kelmas gulimni
Seni eslatib turar xatto ona tabiat
O’ylayman go’yo senga yaralganday muxabbat
Kuz boshlanar to’satdan qalbim sarg’ayib qolar
Barg o’rnopihga orzular bitta bitta to’kilar
Xazondek rang kasb etgan mening xasta yuragim
Tezroq yoninga boorish mening yolg’iz istagim
So’ramayman kerakmas yonib turgan yuduzlar
Mayli muxumxam emas xatto kecha kunduzlar
Qaniydi porlab tursa mangu yumuq ko’zlaring
O’zim ko’rib tursaydim xar bir bosgan izlaring
Sen bilan nafas olsam bu musaffo xavodan
Seni tortib olsaydim shafqatsiz bu samodan
Qor yog’adi maydalab qabring ustiga jonim
Azob bo’lar bu tarzda xar bir o’tkazgan onim
Sovuq qotdimi jonginam nozikkina qo’llaring
Naxot endi ko’rmaysan qor to’shalgan yo’llaring
Shu qabr ichra erkin men yotsam bo’lmasmidi
Gar xayot bo’lsang ekkan gullaring so’lmasmidi
Xa bilmaysan nozigim sen ekkan gullar so’lgan
Sening yo’qliging bilgach ularxam tamom bo’lgan

Sensiz go’zalim gulim tinmay yig’lar bu yurak
Bunday g’am chekib yashash aytginchi kimga kerak
Go’yo tirik murdadir qiyofam xozir mening
Qanchalar ko’rgim kelar charos ko’zlaring sening
Yashayapman yuzimda soxta tabassum bilan
Qalb to’la zardobligin faqat o’zim bilaman
Qaniydi imkon bo’lsa sen tomonga uchardim
Ushlab olib qo’lingdan keyin maxkam quchardim
Xech kimga bermas edim ushlab olsam qo’lingdan
Qo’yib yubormas edim o’shal nozik belingdan
Ammo qachon keladi men kutgan o’sha laxza
Xar dam umid qilaman bo’lar deb bir mo’jiza
Yodimdadur azizam biz yurib o’tgan yo’llar
Qirg’oqlarida chopib biz sayr etgan ko’llar
Xar doimgidek yana o’rik qiyg’oz gullaydi
Kapalaklar parvona atrofida bo’ylaydi
Sezib turaman guldan ari asal yig’adi
Biroq tinmayin yurak o’ksib o’ksib yig’laydi
Tuyilaverar menga kamdek kimdir nimadir
Bu senliging bilsamda til aytishga ojizdir
Mayli azizam endi alvido deyman senga
Baribir yolvorsamda xecham qaytmaysan menga
O’rik qiyg’oz gulladi kapalaklar kelishdi
Gullar ifor taratib baxorligin aytishdi
Afsuski armon senga o’rikning qiyg’oz guli
Xotiralarni qo’zg’ab endi yog’ma laylak qor

O’tinaman jon laylak qor Xotiralarimni qo’zg’atib menga uni eslatma ortiq qiynalishni xoxlamayman



«Oppoq laylak qor 2019»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]