Главная » YANGI SHERLAR » Ota qayting

Ota qayting

Ota nega tashlab ketdingiz?
Zor-zor yig'lab qoldikku sizssiz.
Kecha edingizku mehribon
Bugun esa toshdeksiz hissiz.

Onam aybi qiz tuqqanimi?
Singlim yotgan beshikni tepdiz.
Rahm qilmay uch qizingizga
O'g'lim yo'q deb tashladiz kettiz.

Axir men ham endi yosh emas
Ko'rganlarim anglab turipman.
O'zga yorga qo'ygansiz ko'ngil
Ancha bo'ldi sezib yuripman.

Munis onam tunlari bedor
Ko'z yoshlardan marjon tizadi.
O'g'lim yo'q deb qilmang baxona
Har kim ekkanini o'radi.

Qay o'g'ildan kam bizda mehr
Ota sizssiz yashay olmaymiz.
Siz o'zgaga mehr berganda
Sizga umr tilab tolmaymiz.

Qizlar yaqin bo'lar otaga
Shu haqida bir fikr qiling.
Singillarim sizni sog'ingan
Jon otajon iltimos keling!

O'g'lim yo'q deb kuyunmang ota
Ming o'g'ilga o'rnak bo'lamiz.
Bir kun bergan non tuziz uchun
Sizni ming bor duo qilamiz.

O'g'illar bor ota onasin
Keksayganda xoru zor qilar.
O'rninga qiz bo'lmasmi deya
Bazi ota onalar yig'lar.

Ota qayting sizni kutamiz
Sovumasdan bosgan izingiz.
Yuz o'g'ildan afzal bo'ladi
Yoqtirmagan uchta qizingiz!

Muallif:Mirxalilova Shaxnoza
Fayziraxmon qizi...



«Ota qayting»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]