Главная » YANGI SHERLAR » Qish fasli 2020 yil uchun she'r

Qish fasli 2020 yil uchun she'r

Qish keldi qorni xovuchlab,
Ziynatini zaminga to'shab.
Tashrifidan barcha munavvar,
Bexad dilga quvonch ulashar.
Uzoq kutdi jajji bolalar,
Zangi otgan qator chanalar.
Sog'inganlar seni qanchalar,
O'sha viqor qorli parchalar.
Derazadan tomosha qilib,
Shirin laxza o'ylarga cho'mib.
Kuzataman atrofni zimdan,
Chiroyingni olgansan kimdan.
To'rt fasllar gashti o'zgacha,
Lekin qishga ishqim boshqacha.
Shukr aytay Rabbim o'zingga,
Shu qorlarga yetqizganingga.

Yusupova Zulfiya



«Qish fasli 2020 yil uchun she'r»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]