Главная » YANGI SHERLAR » Qolib ketadi
Qolib ketadi

Qolib ketadi

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Qolib ketadi
  • Дата релиза: 06-08-21, 23:31
Qolib ketadi
Yurakda dard alam to‘lib ketadi
Bu dunyo hammadan qolib ketadi
O‘zini hammadan ustun bilganlar
Ajal Omonat jonin olib ketadi

Qo‘rqmayin birovni haqqin yeganlar
Xaromdan xashamatli uylar qurganlar
Ojizni kamsitib xuzir qilganlar
Bu dunyo hammadan qolib ketadi

Pul topib o‘zini qo‘lga ololmas
Inson lek nomiga loyiq bo‘lolmas
Ota onasidan xabar ham olmas
Lek umr lahzada o‘tib ketadi

Yoshlik abadiymas umr ham shunday
Hayot goh undaydir gohida bunday
Yarmi yorug‘ bo‘lsa yarmi qaro tunday
Bu dunyoda hammadan qolib ketadi

Arzimagan bir parcha qog‘oz pul uchun
Yana kimdir nomahram bir ayol uchun
Ko‘rsatadi mol dunyo ularga kuchin
Do‘st do‘stidan bir umrga kechib ketadi

Orzular bir onda kulga aylanar
Ko‘z oldi zulmatli tunga aylanar
Umr charxpalagi aylanmay qolar
Bu dunyo hammadan qolib ketadi

O‘zidan boshqaga sira kun bermas
Qo‘lidan kelsa ham xech yordam bermas
Tanxo bilar o‘zini birovni suymas
Bu dunyo hammadan qolib ketadi

O‘zimizda boriga shukr qilaylik
Gohida yo‘g‘ida sabr qilaylik
Yaqinlarni jigarlarni ham qadirlaylik
Bu dunyo hammadan qolib ketadi

Ortimizdan qolsa yaxshi nom qolsin
Yaxshi amallaru yaxshi jon qolsin
Odamlar eslasa ko‘zga yosh olsin
Bu dunyo hammadan qolib ketadi

Muallif: Abdulla Murodulla

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: