Главная » YANGI SHERLAR » Qur'onda yozib qo'yilgan
Qur'onda yozib qo'yilgan

Qur'onda yozib qo'yilgan

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Qur'onda yozib qo'yilgan
  • Дата релиза: 09-04-17, 12:42
Qur'onda yozib qo'yilgan
Dunyoga keldingmi yashashing kerak,
Yashashga sabab ham asli tug'ulish,
Ey inson umrni qilmanglar ermak,
Peshonada bitilgan har kimga o'lish.
U dunyo azobin bilmaysiz sizlar,
O'zim ham ko'rmadim aslida borib,
Savoblar bajarsak hayotda bizlar,
Qutulamiz Qur'onda qo'yilgan yozib.
Avvalo qiyomat kuni Allohim,
Barchadan omonatin qaytib olarkan,
So'ngra bandalarin sekin birma-bir,
Jannatga,do'zaxga bo'lib solarkan.
Eng qiyin azobi o'zinga o'zing,
Itoat etmayin qolar ekansan,
U kuni birovga o'tmaydi so'zing,
Bolangni,onangni taniy olmassan.
Savol-javob payti gapirsang yolg'on,
Tiling o'z-o'zidan so'zlarmush rostin,
Azobdan tanang ham aylasa fig'on,
Shu kuni har azong olarkan qasdin.
Eng avval ustasin chorlarkan Alloh,
Imorat qurganmas Qabr ustasi,
Bularga hadyalar bo'larkan Savob,
Qabr uchun qappaymaydi chunki kissasi.
Jannatga yo'l olar ekan azobsiz,
Bu dunyo rohatin bilaolmagan,
Bundaylarni ko'rganda jirkanib debmiz,
Aslida bularni Xudoyim urgan.
Adashmang!O'rnak deb yuborgan bizga,
Ko'ring!Shukur qiling!siz unday emas,
Shak keltirgan ekanmiz Xudoyimizga,
Bechora bo'lganga do'zaxdan bermas.
Do'zaxda tilidan osib qo'yarmush,
Xotinini nojo'ya taloq qo'yganni,
Uyidan barokatni uchirib yana,
Nomahramni "Jonim"deb quchib,suyganni.
Uyida Er turib Er o'ynab yursa,
Bundayin ayolni nimtalab qiynar,
Ko'chada shod bo'lib xoxolab kulsa,
Ohirat kunida chaqarkan biylar.
Omonatga xiyonat qilgan bandani,
Ikki qo'lin ko'ksiga mixlab qo'yarkan,
Sudxo'rlikda pulin shilsa hammani,
Tuproq ham joy bermay rosa qiynarkan.
Nafsining gapiga kirgan g'ofilni,
Ilonlar o'ralib kutib turarkan,
Farzandini boshqaga sotgan kofirni,
Do'zax ham kiritmay yuzin burarkan.
G'iybat bozorining shaytonlariga,
U yerda yiringdan sharbat berarmush,
Bozorning shalaqi battolariga,
Chayonlar nishlarin kengroq kerarmush.
Ayoliga gapi o'tmagan erni,
"Dayus"deb tanasini boshsiz qilarmush,
Soch kessa,tor kiysa,yalang'och yursa,
Ayolining gunohi erga bo'larmush.
Ota-onasini xo'rlaganlarni,
Havoda muallaq yoqib tashlarkan,
Murg'ak qalb qizlarni zo'rlaganlarni,
Ikkiga ajratib chopib tashlarkan.
Bozorda tanasin sotgan ayolni,
Ko'kragidan ilmaklab osib qo'yarkan,
Qochib qololmaysan saqlay deb jonni,
Joning ham Allohning quli bo'larkan.
Yozsam azobi ko'p ekan buni,
Shuning uchun iymonni butun qilaylik!
Ey Muslim,yodingizdan chiqarmang shuni,
Savob qilib,savollarga tayyor turaylik!
Borganda Jannatda bo'lsin o'rnimiz,
U dunyo azobin ko'rmaylik aslo,
Harakat qilsak biz bunga o'zimiz,
Robbim ham yuzini ko'rsatar Illo!
Endi Jannatlarga beraman ta'rif,
Shu Jannat yo'lida ketamiz hali,
Yaxshiyam borda shu Qur'oni Sharif!
O'qisangiz yozib qo'yilgan bari...!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: