Rostmidi

Rostmidi

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Rostmidi
  • Дата релиза: 15-08-21, 12:19
Rostmidi
Kecha meni tushda ko'rganing rostmi?
Chaqirganing rostmi? Og'rig'ing bisyor..
Ko'zingda yosh bilan, kulganing rostmi?
Ko'ksimizda jonlar qilganda isyon.

Rostmi? Qo'llarimdan tutib quvonib,
Oy sayyorasiga olib borganing.
Yulduzga, yulduzni bermoq xato deb..
Eng yorug' yulduzni tutib kelganing?

Rostmi, zulfim uchsa shabbodalarda,
Rashklaring bir olam, ishqlaring olam.
Rostmi, muhabbatli nafaslar bilan,
Ismimni aytganing lablaring titrab.

Rostmidi? Tasodif hayajonimiz,
Ko'zlarda porlagan umidvor umid?
Rostmidi? U fasl qish, bahorimiz..
Topmoqlik g'animat, ketmoqlik hadik?

Rostmidi? Yettinchi osmonda turib,
Sen menikisan deb jar solganlaring?
Rostmidi? Ortimdan yergacha tushib,
Bir umr soyamga aylanganlaring.

Rostmidi? Dunyoga sig'masdan sevib,
Ko'zimga boqmagan hayo damlaring.
Qancha dilrabolar yoningda turib,
Men deb vujudingda yongan shamlaring?

Rostmidi? Sendayin ajrdan kechib,
Ming yillik sabrga quchoq ochganim.
Rostmidi? Dalli-yu devona sifat
Yonginamga kelgan baxtdan qochganim..!

Rostmidi, dod solib jumla jahona,
Yerlarni mushtlading tunlar ostona..
G'azabing o't qo'yib zayl-u zamona,
Ketaman deganing Tangri tomona!

Rostmi, endi sensiz sen bilanligim....
Rostmi, endi mensiz shodmonliging?
Rostmi, uvolingga giriftorligim..
Rostmi? endi menga sovuqqonliging...

Yolg'on de! O'tingum poyingga cho'kib!
Yolg'on de!!! Sen hamon orzuyimsan de!
Hamon yodimdasan, ko'zlarim mahtal...
Sen mening eng shirin og'uyimsan de!

Rostmidi?
Yolg'on de!
O'tingum poyingga cho'kib...!

Gulnoza Alimjonova

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: