Главная » YANGI SHERLAR » Savob (2019)

Savob (2019)

Savob qanday go'zal totli so'z,
Undan baxra olar xatto so'qir ko'z.
Lek shu kunda savob, aylanib sarobga,
Hech bir kimsa qilmas ishni savobga.

Gar ularga bersang mol-u dunyoni,
Garovga qo'yurlar tandagi jonni.
Qani ayting ulardan chiqarm-u savob?
Qani ayting, ulardan chiqarm-u najot?
Ilgari savobga boshin bergaylar,
Xozirda yoshlarchi qoshin tergaylar.
Ey banda mo'min,bo'lmagin g'ofil
Shaytonning izidan yurmagin butkul.

Savobni kanda qilmagan kimsa,
Tangridan oladi bebaxo xissa.
Aziz do'stlarim qilingiz savob,
Siz uchun sharafli, go'zal bir odob.



«Savob (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]