Главная » YANGI SHERLAR » Singlimga (singillar uchun sher)

Singlimga (singillar uchun sher)

Singlimga (singillar uchun sher)
Yugurib ba'zan ish, ba'zan tashvish deb,
Yuribman oʻzimcha dunyo gʻamin yeb.
Bahonam qoʻngʻiroq qilmayin hadeb,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Ertaga soʻrayman ahvolin, holin,
Men uchun tikadi hayotin jonin.
Shunchalar bemehr, toshmanmi zolim,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Koʻz koʻzga tushganda quvongan oʻzi,
Jonimga jon berar har aytar soʻzi.
Eshikka umidvor termular koʻzi,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Ortmaydi roʻzgʻori gʻor tashvishidan
Ba'zan kir qidirar qilgan har ishdan.
Hech boshim chiqmaydi bitmas yumushdan,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Gʻam tilsa bildiradirmas jilmayar mayin,
Oqibat oʻlmoqda netay kun sayin.
U ham bir onadir, unga ham qiyin,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Sogʻinchdan koʻzlar ham namlanar yana,
Umr oʻtib bormoqda, ketmoqda mana.
Kutmayin endi bas biror tantana,
Singlim bir bor holing soʻrab boraman.

IRODAXON QOSIMOVA.



«Singlimga (singillar uchun sher)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]