Popup

Главная » YANGI SHERLAR » Sinovli dunyo

Sinovli dunyo

Sinovli dunyo
Kimlarga baht berar kimlargadir dard
Shirin orzularing bo‘ladi ro‘yo
Gohi nohaq bo‘lar gohidachi haq
Sinovli dunyo bu sinovli dunyo

Davlat bersa mendan zo‘ri yo‘q deysan
Bosar tusaringni bilmay qolasan
Unutma do‘stginam kim ekanliging
Sinovli dunyo bu sinovli dunyo

Omading ketganda ketar do‘stlaring
Yaxshiyu yomoni ko‘rar ko‘zlaring
Xech kimga yoqmaydi aytgan so‘zlaring
Sinovli dunyo bu sinovli dunyo

Yangi do‘stlar to‘psang eskisin sotma
Boylik deb obru deb bahting yuqotma
Manmanlik kibrlik tubiga botma
Sinovli dunyo bu sinovli dunyo

Muallif:Abdulla Murodulla



«Sinovli dunyo»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]