Главная » YANGI SHERLAR » Sizda qolsin
Sizda qolsin

Sizda qolsin

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Sizda qolsin
  • Дата релиза: 14-01-22, 14:28
Sizda qolsin
Achinaman yolgʻizlarga,
Har bandani yori boʻlsin.
"Meni oting dengizlarga,
Yolgʻon dunyo, sizda qolsin!"

Yolgʻizlarning yori hudo,
Chin muhabbat nasib qilsin.
Barchasidan keching ammo,
Hurmat, vafo, sizda qolsin!

Bir kun yutar qora tuproq,
Shu kunlar ham yodda boʻlsin.
Dunyolardan keching biroq,
Iymon, taqvo , sizda qolsin!

Bu dunyoning yoʻllari koʻp,
Tangrim toʻgʻri yoʻlga solsin,
Imon sotgan qullari koʻp,
Sotmang, savdo sizda qolsin!

Har bandani Robbim Alloh,
Jannatiga qabul qilsin.
Mayli bilmay qiling gunoh!
Lekin tavbo sizda qolsin!

Mayli qoʻying hasadgoʻylar,
Oʻzi yoqqan oʻtda yonsin.
Mehribonlar duogoʻylar,
Siz-la qolsin, sizda qolsin!

Niyatim shu azizlarga,
Chin insonlik dilda boʻlsin!
" Oting meni dengizlarga,
Yolgʻon dunyo, sizda qolsin!"

Mumtozbegim

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: