Главная » YANGI SHERLAR » TAQDIRDA BORINI KO'RAMIZ...

TAQDIRDA BORINI KO'RAMIZ...

TAQDIRDA BORINI KO'RAMIZ...
Dunyoni ajoyib oʻyni koʻp,
Jimgina indamay koʻramiz.
Ne boʻlsa yozilgan, xayot deb
Taqdirda borini koʻramiz.

Gul berib, dil berib sevgiga
Hijronni alamin olamiz.
Peshona, gar etsa ishq visol,
Taqdirda borini koʻramiz.

Yulduzlar poyondoz yoʻllarga,
Sadoqat uylarin quramiz.
Ergashib koʻngilni mayliga
Taqdirda borini koʻramiz.

Qismatdan qocholmay gohida,
Bosh qattiq, devorga uramiz.
Yigʻlaymiz daryolar toʻlguncha,
Taqdirda borini koʻramiz.

Haqman deb, adolat qidirib,
Sarsona dunyolar kezamiz.
Umr zum ketadi yugurib,
Taqdirda borini koʻramiz.

Boshga ish tushganda yolvorib,
Alloh deb, yigʻlaymiz, kuyamiz.
Birodar shukur de boriga,
Taqdirda borini koʻramiz.

Osuda tunlarda sirlashib,
Orzular karvonin tuzamiz.
Oʻtkinchi dunyoda IRODA
Taqdirda borini koʻramiz.

IRODAXON QOSIMOVA.



«TAQDIRDA BORINI KO'RAMIZ...»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]