Главная » YANGI SHERLAR » Tongdagi O'ylar

Tongdagi O'ylar

Tongdagi o’ylar
O’n farzandni tashvishiga,
Meng bir rangli qilmishiga,
Qurg’oshinday yumushiga,
Onam qanday bardosh bergan
Otam qanday chidagan.

Etti o’gil yetti marta
Xizmatlarga ketganda.
O’n olti yil farzandlarin
Yo’lga qarab kutganda
Onam qanday bardosh bergan
Otam qanday chidagan.

O’n farzandni tuylarini,
Bir yelkada kutargan.
Etti o’gil o’ylarini,
O’z qo’li-la qurolgan.
Onam qanday bardosh bergan
Otam qanday chidagan.

Etti o’gil g’urbatiga
Qoya kabi turolgan.
Uch qizini xizmatiga,
Cheksiz duo ololgan.
Onam qanday bardosh bergan
Otam qanday chidagan.

Uch farzandni tashvishidan,
Boshimga qirov yoqqan.
Bitta qizning muommosi,
Qalbimga olov yoqqan.
Onam qanday bardosh bergan
Otam qanday chidagan.

Sokinlikni tilayman men,
Vulqon to’la kuksimga.
Kenja o’gil qilmishidan
So’z kelmaydi tilimga.
Onam qanday bardosh bergan
Otam qanday chidagan.

Onam quyosh ekanligin,
Shu yoshimda bildim men.
Otam bardosh ekanligin,
Ota bo’lib bildim men



«Tongdagi O'ylar»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]