Главная » YANGI SHERLAR » Umr o'tmasin bekor

Umr o'tmasin bekor

Itoat qil "Olloh"ning haq so'ziga,
Oxiratda javobi bor har ishni.
Shukr qilsang oz risqning non tuziga,
Sabring oshib yorar har qattiq toshni.

O'ylamagin olam o'zidan bo'lmagan
Mohir chevari go'zal borliq ortida.
Xukmisiz daryo suvga to'lmagan,
Yorug' dunyo turgay kaftin ustida.

Idrok etgin biz bir osiy bandamiz,
Ajal yetsa boramiz chin dunyoga.
Abadiymas sinalyotgan kundamiz,
Ishonmaymiz vaqti kelsa ro'yoga.

Ex qadrdon umr o'tadi shoshib,
Befarqliging kushandasi bu g'aflat.
Taroz ikki pallasida gunoh, savob,
Tanla yo'ling hamroh bo'lsin nur jannat.

Yusupova Zulfiya.



«Umr o'tmasin bekor»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]