Главная » YANGI SHERLAR » Urush balosi (2019)

Urush balosi (2019)

Urush balosi naqadar vajohatli bo'lsa ham,
Mard o'zbek o'g'lonlari olimdan hech qochmadi.
Jaholat o'chogida qabrsiz ko'z yumsa ham,
Ruhi barhayot bo'lsin, mangu nomi o'chmadi.

Vatan or-nomusini boshlarda ko'tardilar,
Ajal jonin olguncha yovga bosh egmadilar.
Chekib zaxmat, aziyat, aslo yengilmadilar,
Ahil bo'lib birlashib, g'animga og'madilar.

Bir mayizni qirq bo'lib birdamlikni saqlashib,
To'xtamay olg'a yurishar, fashistlarni qaqshatib.
Necha-necha askarlar xalokatga yuz tutib,
Bayrog'in ko'tardilar, Vatanlarin yashnatib.

Qahramonlik unvoni, jasur mardlarga hosdir,
Sizdek xalqparvarlarning asl vijdoni bordir.
Ko'rishmoq qiyomatda, diydor bizga armondir,
Quchoq-quchoq tazimlar, olqishlar sizga yordir.

Yusupova Zulfiya.



«Urush balosi (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]