Главная » YANGI SHERLAR » Yaxshi odamlar
Yaxshi  odamlar

Yaxshi odamlar

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Yaxshi odamlar
  • Дата релиза: 15-08-21, 12:19
Yaxshi odamlar
Yoningda bõlganda omading kular
Risqing ham , tole'ing sarbaland bõlar.
Qadringni , qaddingni payvasta qilar,
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar.

Bilmayin bosganda nogahon tikan,
Taning qaqshatgani yurakka ziyon.
Ollohning buyurgani bõladi , ishon,
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar.

Omading ketganda , dõsting berkinar,
Qavmu-qarindoshlar poyi qirqilar.
Ziyonu-zaxmatlar ortga chekinar
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar.

Haloldan topsang gar bir burda noning,
Xaromni yutganda qiynalsa joning.
Tarix sahnida kõp yozilar noming
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar.

Haq bõlsang , ayondir ul Mahshar kuni,
Taqdirning izmidan chaqnar uchquni.
Peshonangda ne bõlsa, kõrasan shuni,
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar.

Omadingni Olloh beradi ishon,
Qõlingga tutqazar, baxt, taxt va imkon.
Õzingdan qoldirsang yaxshi nom- nishon,
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar.

Ollohga bur yuzing, sajdaga qõy bosh,
Mevali daraxtga otilarkan tosh.
Yeganing tatiydi, xazm bõlar osh,
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar.

Pok yashab, hayotdan bahralar olgin,
Yomonlik qilganni OLLOH ga solgin.
Iymoning but qilib, insofli bõlgin,
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar

Mohim , Sen oldinga tashlagin qadam,
Haq bõlsang , Haq tomon boraver ildam.
Dunyoga bir bora kelarkan odam,
Hayotingda bõlsa yaxshi odamlar.

Muallif : Mohira Isroilova

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: