Главная » YANGI SHERLAR » Yetimlar haqida sher (2019)

Yetimlar haqida sher (2019)

Mehrning kosasi to'lmayin sindi,
Sahovatdan so'z ochgan tillar-chi tondi.
Minnatlar ta'nasi hayratga soldi,
Otasiz-onasiz yursa yetimlar.

Ko'k sochgan saroylar oshib tolmadi,
Bir qora ko'z quvanib, qo’nim topmadi.
Dunyoning ishlariga ayting ne bo'ldi?
Ko'chalarda sargardon yursa yetimar.

Ziyofat to'riga kimlar ke'lmadi,
Dil pora yarimta ko'ngil to'lmadi.
Faryoddan ko'z yoshlar daryoga to'ldi.
Baxt zavqini tuymayin yursa yetimlar.

Boylikka xirs qo'ygan nafslar so'nmadi,
Insonlar qalbiga, g'ubor qo'nmadi.
Savoblar eshigi ochilmay qoldi.
Hijronlar girdobida yursa yetimlar.



«Yetimlar haqida sher (2019)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]