Главная » YANGI SHERLAR » Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha

Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha

  • Категории: YANGI SHERLAR
  • Название: Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha
  • Дата релиза: 31-08-21, 21:06
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha
Mushtoq ko'zim mushtoqlikda qolib ketdi.
Muhabbatim gullamayin yonib ketdi.
Oh bevafo! Seni kimlar olib ketdi.
Javobingni kutay axir qay ongacha?
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Sitamlaring yurak-bag'rim o'rtayverar,
Telba dilim tinmay seni so'rayverar,
Men yonaman, sening bog'ing gullayverar,
Bu olovlar ko'tarildi osmongacha!
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Bag'ritoshim seni yonib suysam netay,
Hijroningda lahza sayin kuysam netay,
Hamma suyib sen suymagan, g'o'rman, netay,
G'o'rligimni bilolmadim, shu ongacha!
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Men bormadim, sen kelmading, kim aybdor?
Men yig'ladim, sen quvnading, kim aybdor?
Men suydim-u, sen suymading, men aybdor!
Ayblarimni sanayin qay zamongacha?
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Unutmoqchi bo'ldim, lekin hech bo'lmadi.
Yuragimning fig'onlari tinch bo'lmadi.
Men kechikdim! Senga ammo kech bo'lmadi.
Kechikkanim mukofoti armongacha!
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Qay ahvolga solding meni kelib ko'rgin.
Mening yurgan yo'llarimdan yurib ko'rgin.
Yuragingni bir parchasin yulib ko'rgin.
Shu bir parcha zor yig'latar har ongacha!
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Menga bergan va'dalaring sarobmidi?
Sevilmagan oshiq holi xarobmidi?
Yosh umrimning fidokori sharobmidi?
Zardalaring tirnab o'tar jon-jongacha!
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Ahvolimni ko'ra turib kuldingmi yo?
Ilonsifat bir farishta bo'ldingmi yo?
Hammani ham o'zingdayin bildingmi yo?
Ko'zyoshlarim borib yetdi shaytongacha!
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Nolalarim kimlar bildi, sen bilmading,
Oqshomlari qon yig'ladim, sen bilmading,
Suyganimni yillar bildi, sen bilmading,
Bahordan to kuzgi barg-u xazongacha!
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Qarab tursam, ozorlaring tugamaydi.
Hayollaring men tomonga yo'lamaydi.
Oshiq holin nega hech kim so'ramaydi?
Oshiqlarning qadri bo'ldi, arzongacha!
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?
Yolg'izlikda yolg'iz yashay qachongacha?

Muallif: Bekzod Sulton

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: