Popup

Главная » YANGI SHERLAR » YOMONMAN

YOMONMAN

YOMONMAN
Beg‘ubor ko‘nglimni gunohkor demang,
Men yomon bo‘lsam gar yonimga kelmang,
Mayli qo‘yavering g‘amimni yemang,
Qancha yaxshi bo‘lsam shuncha yomonman......

Dardlarim ichimga yutib yashayman,
Keraksiz do‘stlardan kechib yashayman,
Farishta emasman bilib yashyman,
Qancha yaxshi bo‘lsam.shuncha yomonman....

Bilmayin ayblamang qalbim og‘ritib,
Do‘st bo‘ib dushmanlik qilmang chalg‘itib,
Osmon bo‘lib ketmang meni kamsitib,
Qancha yaxshi bo‘lsam.shuncha yomonman....

Balki siz sezmaysiz, men beg‘uborman,
Maqtandi demang hech dardga darmonman,
Ammo kimlar uchun hamon armonman,
Qancha yaxshi bo‘lsam shuncha yomonman....

Yaxshilik qilsangiz xijolat tortib,
Yurarman yelkamga go‘yo yuk ortib,
Zulmat yo‘lingizni nurdek yoritib,
Qancha yaxshi bo‘lsam shuncha yomonman...

Barchaning qadrini bir deya bilsam,
Bilmasdan kimningdir yuragin tilsam,
Salgina sho‘xlik va tabassum qilsam,
Qancha yaxshi bo‘lsam shuncha yomonman....

Charchadim to‘g‘risi, qalbni yopishdan,
Gapirgan so‘zimga izoh topishdan,
Allohim asrasin gunoh olishdan,
Qancha yaxshi bo‘lsam shuncha yomonman....!

Mohinur Choriyeva



«YOMONMAN»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]