Главная » YANGI SHERLAR » Yorildim soy bo'yida

Yorildim soy bo'yida

Ko'nglin seni qishdayin sovuq,
Tosh qalbingga begona bahor.
Isitsang ham erimas muzlar,
Qaytma ortga urinshing bekor.

Sevib, suyib aldandim yor qo'ynida,
Xasrat to'kib yorildim soy bo'yida.

So'z aytmasdan ketding qaylarga,
Uvol senga xislarim essiz,
Nega sevgi sharobin ichib,
So'ng shamoldak yo'qolding issiz.

Sevib,suyib aldandim yor qo'ynida,
Xasrat to'kib yorildim soy bo'yida.

Yillar o'tib, qarshimda vasling,
Ne kechyapti iching qorong'u.
Balkim yig'lab ckeyapsan azob.
Balkim notanish senga bu tuyg'u.

Sevib,suyib aldandim yor qo'ynida,
Xasrat to'kib yorildim soy bo'yida.

Jim indama bag'rimni tilib,
Zor yuragim nihoyat ko'ndi.
Eslatmay ket o'sha kunlarni,
Osmon kezgan orzular so'ndi.

Sevib,suyib aldandim yor qo'ynida,
Xasrat to'kib yorildim soy bo'yida.

Nigoh tashlab homush qaraysan,
Aybing bilib, qiynalar diling.
Kechir deya unsiz yig'laysan,
Bilmam nega aylanmas tiling.

Sevib, suyib aldandim yor qo'ynida,
Xasrat to'kib, yorildim soy bo'yida.

Yusupova Zulfiya.



«Yorildim soy bo'yida»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]