Главная » YANGI YIL HAQIDA SHERLAR TABRIKLAR » Qor xat (maktub)

Qor xat (maktub)

Qor xat (maktub)
Yana keldi bizni uchrashtirgan qish,
Fikr-u hayolimga solgancha tashvish.
Bizdaku bugun qor, ertasi quyosh,
Sizlarda esa qish qattiq kelarmish.

Butun olam uyqu ichida mudrar,
Birgina men bedor, beorom hargiz.
Siz ham ko‘chalarda eslamang meni,
Tag‘in muzlamasin, kipriklaringiz.

Kaftimga qo‘nib har mitti qor parcha
Tark etadi zumda, qilmay yuz xotir.
Shu oniy lahzada, ehtimol, ular
Sizning xabaringiz shivirlayotir.

Tunov kun o‘qidim qor malikasi,
Derazamga yozgan sog‘inch xatingiz.
Javobimni o‘qib tonggi quyoshdan,
Sovuqlardan asrang, muhabbatingiz!

SHAHNOZA RO‘ZIYeVA



«Qor xat (maktub)»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]