12 xil sevgi sher

12 xil sevgi sher

12 xil sevgi sher

Bir kuni izlaysan, meni xar yerdan. Men
chekgan azoblar, tushar boshinga.
Orqalab yurmagin yana taqdirdan. Sen cho'kib
ketasan, to'kkan yoshimga... Eslaysan, qumsaysan xar
bir so'zimni. G'ururing ko'ksiga, sanchasan pichoq.
Ko'zinga surtmoq uchun, izlab izimni. Xatto soyamga xam, ochasan quchoq... Sherlarim o'qiysan, takror va
takror. Diydor bir sen uchun, armon bo'ladi. Azizim bir
sirni, aytaman oshkor. Sog'inchning azobi,
yomon bo'ladi.


Bu hayot bog'ida sening vaslinga,
Hamon intilmoqda mening yuragim.
Ammo qo'rqamanda men qolib dog'da,
Olib ketmasmikan seni boshqasi.
Xa olib ketdi men qoldim dog'da,
Sensiz iztirobda armonda qoldim.
Ko'nglim yig'laydiyu qalbim tirnalar,
Nahot senga yo'qdir mening keragim.
Yo'llaringa intizor bo'lib yashayman,
Shirin so'zlaring kutib yashayman.
Tushlarimda ko'rib sevib yashayman,
Afsus senga yo'qdir mening keragim.
Oramiz yaqindir balki ko'p yiroq,
Og'ushing eslab kuyarman biroq.
Bundan ko'ra o'lsam avzalroq,
Nahot senga yo'qdir mening keragim.
Yo'q yo'q o'zingni qo'lga ol sohib,
O'ch olma olayma hayotga faqat.
Yig'lama sohib yoshlaringni art,
Sevganim bor deb kulib yashagin.
Tangriga shukrlar qilib yashagin,
Allohdan sevgingni so'rab yashagin.
Faqat umid qilib kutib yashagin,
Hayotda visolin o'ylab yashagin.


Men uning qaroqlarida o'zimni boshqa ko'rolmasligimga ishonmay yashardim tog'ri qilgan adashmagan ekanmiz biroq biz hayrlashdik balki vidolashdik ko'zlarim yoshlandi ko'zlari yoshlandi aslida gunohkor o'zimiz yillar o'tdi kelmadi oxiri bugungiday ishqimiz qoniga bo'yalib devorga suyanib qoldim gunohkor o'zimiz.


"hayot"deb atalmish daftarimizni
faqat ezgu va go'zal voqealar b.n
muhurlaylik...aks holda
qachonlardir varoqlayotib
varaqlarni yirtib tashlash
darajasiga borganimizda ham
bunga yo'l topolmaymiz..


Bu dunyo asli xasratli dunyo,
Vafomas javomas mansabli dunyo.
Mexrni yo'qotib sotib unutib,
Diydorni mol-mulkka alishgan dunyo.
Sadoqat bilmagan xiyonat dunyo,
To'rt kunmas uch kunlik g'animat dunyo.
Xayotni sinovga to'ldirib qo'yib,
Sabirga mukofot bermagan dunyo.
Sevgisi alamga aylangan dunyo,
Orzusi armonga aylangan dunyo.
Najotsiz zulmatga ko'nikib endi,
Ko'zlari quyoshda qamashgan dunyo.


Sog'intirib yig'latib zor,
Olislarga ketgan gulim.
Yuragimga berding ozor,
Qaro bo'ldi yorug' kunim.
O'tmishimni eslab goho,
Taqdir deyman yetmas qo'lim.
Qilolmading menga favo,
Ayro bo'ldi sendan yo'lim.
Sevgi bizga endi armon,
Bedor o'tar xar bir tunim.


O'ng yelkamda tobut ko'zlarimda yosh,
Xaqiqat oldida egilganda bosh,
Tobutda yotardi go'zal qora qosh,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Yotardi u jim ko'zlari ochiq,
Yotardi jilmayib kulgular sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin achchiq,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

U kirmagan edi yigirmaga ham,
Endi qo'ygan edi hayotga qadam.
Karaxt bo'lib qolar eshitgan odam,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Ona voh dod deydi hushin yo'qotib,
Ota ne qilishin bilmaydi qotib.
Bola vidolashar indamay yotib,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Seplar yig'gan edi orzular qilib,
Bezatib ham qo'ydik liboslar ilib,
Onasi yig'laydi bag'rini tilib,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Taqdirmi qaranga yosh ketdi essiz,
Mevasi qolmadi o'tdiku izsiz,
Oq libos kiyvolib yotardi hushsiz,
Yor-yor aytib bordik mozorigacha.

Mana so'nggi yo'lga kuzatdik go'zal,
So'nggi bor qo'limiz uzatdik go'zal,
Bu dunyodan ko'ra u dunyo avzal
Yor-yor tugab qoldi mozorigacha
 


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: