chiroyli sevgi sheri

chiroyli sevgi sheri

chiroyli sevgi sheri

O'zimga beqiyos ishonch baxsh
etding,
Dilimga xech so'nmas quvonch
baxsh etding,
Dunyoga kelgansan baxtimga
mening,
Muxabbatdek buyuk quyosh baxsh
etding.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Shamollar qa'rida hasdek uchdim
men,
Visolni kutdim-u, dardni quchdim
men.
"Zilol" buloqlarni tushlarda ko'rib,
Sog'inch sharobidan qonib ichdim
men.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Dildan talpinganim, dildan
suyganim,
Sizga muhabbatni sog'indim, gulim.
Agar gunoh bo'lsa sizni sevganim,
Mayli, ming gunoh-la o'tsin har
kunim.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Muhabbat bog'ida bargdek
hazonman,
Sevgi sahrosida qumdek sarsonman.
Ishq o'ti bunchalik taftli bo'lmasa,
Hijron olovida o'zim giryonman.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Muhabbat shunchalik taftli bo'larkan,
Dunyoni buzgudek shaxtli bo'larkan.
Sevgiga sodiqlar, ishqqa gadolar,
Tole'i charaqlab, baxtli bo'larkan.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Taqdir bizni birlashtirmasa,
Men dunyodan yolg'iz o'taman.
Suratingni bag'rimga bosib,
Qabrimga ham olib ketaman.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Sevgimni sir saqlab sevardim sizni,
Sog'inch sinovida sinardim sizni.
Sinov sababini so'ylayin sizga,
Sevgingiz sovg'adur sevgilingizga.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Sevgilim deb atab sizni,
Balki hato qilgandurman.
Bu bog'da o'z gulim emas,
O'zga gulni uzgandirman.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Rashq qilmang meni har kimga,
Goho sizni kuttirib qo'ysam.
Sizni tashlab ketishim mumkin,
Qachon sizdan oldinroq o'lsam.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Azoblanma jonim o'rtanma,
Muhabbatni barchasi bekor,
Seni maftun qilgan oshiqni,
O'zi senga maftunu beqaror

 Qalamni tutdimu, titroq qo'limda, 
Tushunib bo'lmas isyon dilimda,
Senga bir iltijo o`ksik ko`nglimda,
Yolg'iz etib ket meni hayollarimni!
Bu qanday sinoat, qandayin afsun,
Bu qadar o'zingga aylading maftun,
Munavvar tonglarim o'g'irladi tun,
Tonglarimni qaytaru, hayolimdan ket!
Butun borlig'imni egallab olding,
Ayt bunga sening bormidi haqqing,
Endi bilginda o'z g'urur -hadding,
Quvonchimni qaytarginu, olislarga ket!
Gul bo'lib unma bahorlarimda,
Bulbul bo'lib kuylama nahorlarimda,
Sening aybing bor chekkan ozorlarimda,
Kulgularimni qaytarginu, hayolimdan ket!
Yig'lay - yig'lay charchadi ko'zim,
Shu qismatni tanladim o'zim,
Netay, senga yetib bormas bu so'zim,
O'ylashga yo'q toqatim, hayolimdan ket!
Tushlarimni band qilib olding,
Yurakka muhabbat o'tini solding,
O'zing esa o'zga yor yo'lida tolding.
Qilar ishing yo'q mening qalbimda,
Hayolimni tark etib, olislarga ket.
Bas, kerilma! Ortiq qilolmam toqat,
Yoki dunyoyu dunda sen bormi faqat,
Bir bor so'zlarimga qilgin sen diqqat,
Ketolsang ket endi hayollarimdan!
Bilmam ne bo'lmoqda bugun ko'nglimga,
O'zgacha nafratlar sezyapman attang!
Gar borim oz bo'lsada qadringni bilsang,
Visolingni armon etib ketgin ko'nglimdan!
Soxta kulgularingga mushtoq emasman,
Aldamchi ko'zlaringga zor ham emasman,
Ortiq senga jonim yor ham emasman,
Bundan ortiq ne kerak yana senga ayt?!
Ketaqolgin tinch qo'yib hayollarimni!
Hammadan kuchli sevdim, buni bilmading,
Seni sevishga yo'q menda istak,
Bor endi yo'lingdan qolma, ket!!!
Sevgi qiynog'idan qalbni ozod et!


 


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: