Oluvchi qo'l past.

Oluvchi qo'l past.

Oluvchi qo'l past.

Oluvchi qo'l past.
Beruvchi qo'l baland!

Bandani qorniga yegan luqmani ichidagi eng avzali,
o'zini qo'lini mehnati bilan,
topib yegan luqmasi.

Eng yaxshi odam birovlarni hisobidan kun kechirmiydigan odam.
Eng yomon odam birovlarni hisobidan yashaydigan odam.

Inson o'zini kimligini bilmagunicha,
o'ziga baho beradi!


MEHRIBON ONAM

Jamoling ko’rgali keldim, ayo ey mehribon onam,
Mening uchun ado bo’lg’an yuragu bag’ri qon onam.

Xo’tan dashtiga tushtum bul falakning gardishi birlan,
Eshitkil arzi holimni, men aytay senga, jon onam.

Ajoyib mehribonimsan, meni oromi jonimsan,
Murodi du jahonimsan, bihishti jovidon onam.

Meni bir jodu ko’zluk bul jahon ichra xarob etti,
Qadi sarvu sanavbar, qoshlari misli kamon, onam.

Boshimga tushti bul savdo, bo’lubman bulbuli shaydo,
Shabistoni jahonda qumridek shakkarfishon onam.

Bu ishq o’ti xarob etti, yurak-bag’rim kabob etti,
Meni xoki turob etti yuzi mohi tobon onam.

Seni ko’p intizor ettim firoq o’tig’a, ey Ka’bam,
Tavofi Ka’bayi maqsuda keldim, dilkashon onam.

Iloho, avf qilg’aysan bu Mashrabning gunohini,
Tufayli onayi zorim, g’aribu notavon onam.


Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?
Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir?

Temur ila Chingiz qoni toshdi tomurimda -
Aytgil,Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?

Yov suqg'ali kelgach,qilichini yuragingga,
Tush oldiga,ol ko'ksumi - qalqonmi kerakdir?

Boq,boq,mana turk tengizi toshqun qila qoldi,
Turon yovini quvg'ali to'fonmi kerakdir?

Turon, yigiting,barchaga boq,qalqdi oyoqg'a,
Yurtda qorovul qo'yg'ali arslonmi kerakdir?


Hayot tashvishlari chulg’ab boshimni,

Sinamoqchi bo'lib sabr, bardoshimni.

Goh sevinch, goh g’amdan to'ksa yoshimni,

Sizni axtaraman, onajon.

Nuroniy keksalar davrasin ko'rsam,

Yurakda bir armon dardini tuysam,

Bafurja kimgadir gapirmoq bo'lsam,

Sizni axtaraman, onajon...


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: