Qabristonga bor. Qalb

Qabristonga bor. Qalb

Qabristonga bor. Qalb

Qabristonga bor.

Dunyoda eng katta zo'r ibrat,
Izlasang sengadir shul shior,
Payg'ambar qilmishlar nasixat,
Qabrga bor qabristonga bor.

Boshinga baxt qushi oshiqti,
Mol davlat yo'linga turar zor,
Quvonchdan sapchima yaxshisi,
Qabrga bor qabristonga bor.

Bazida hayotda no-rizo,
Ko'nglinga o'rnashmush ming g'ubor,
Hammasi o'tkinchi serbaqo,
Qabrga bor qabristonga bor.

Olimlar ko'p edi ho'sh qani,
Hammasin kul bo'lmish gulshani,
Xaqiqiy ilmlar maskani,
Qabrga bor qabristonga bor.

Yaqinlaring qiynab qo'ysa bas,
Dunyo sanga tuyilsa qafas,
Tiriklarning uyiga emas,
Qabrga bor qabristonga bor.

Har kuni o'limda hadiklar,
Ko'zinda ko'ryapman kuyiklar,
Joninga tegdimi tiriklar,
Qabrga bor qabristonga bor.

Bilib bo'lmas inson bolasin,
Ichda ekan uning olasi,
Eng rostgo'y do'stlarning davrasi,
Qabrga bor qabristonga bor.

Shovqinli bu dunyo shiddatdir,
Uning alam dardi be-xatdir,
Jim bo'lsada katta ibratdir,
Qabrga bor qabristonga bor.

Tuproqdirmiz hammamiz be-kam,
Shaxan shoxga to'lmish poy qadam,
Unda chingiz botu qaysar ham,
Qabrga bor qabristonga bor.

O'lim xaqdir keladi bir kun,
Qayta bog'liq bo'lmas bu tugun,
Ixtiyorsiz kelishdan burun,
Qabrga bor qabristonga bor.


Qalb.

Islomga do'st bo'lding kufrga dushman,
Muqaddas yo'linga harif bo'lmagin.
Vujuding olovda erib ketsa ham,
Iymonin qatida zayif bo'lmagin.

Gunoxlar urchigan kunduzgi kunlar,
Shaxfat faryodidan qoraymish tunlar,
Do'zaxga bo'lmayin desang o'tinlar,
Ko'zi qonga to'lgan shaxid bo'lmagin.

Go'zallar o'tarlar ko'zni o'ynatib,
Shaytoniy ohangda qalbing kuylatib,
Sen shunda ularni g'amgin o'ynatib,
Latif shaxfatlarga latif bo'lmagin.

Umringa o'rnashsin eng oliy tuyg'u,
Faqat islom bo'lsin sen uchun qayg'u,
Faqirlar poyida boshing satqayu,
Sultonlar nazlida sharif bo'lmagin.

Pokiza maslagin chekkanda faryod,
Topolmay qolasan tuzuk bir najod,
Bir pulga chaqilmas yurtda etiqot,
Kufr ahli uchun nazif bo'lmagin.

Dunyo arzimaydi yeg'gan zaringa,
Yaxshisi shukur qil yo'g'u boringa,
Yordam so'rab kelgan birodaringa,
Madina bo'lginu toyif bo'lmagin.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: