Главная » Tanqid-shou » MANGO QIZLARNI QO’YGA O’XSHATISHGA HAQQING YO’Q!
MANGO QIZLARNI QO’YGA O’XSHATISHGA HAQQING YO’Q!

MANGO QIZLARNI QO’YGA O’XSHATISHGA HAQQING YO’Q!

  • Категории: Tanqid-shou
  • Название: MANGO QIZLARNI QO’YGA O’XSHATISHGA HAQQING YO’Q!
  • Дата релиза: 14-07-14, 17:57
MANGO QIZLARNI QO’YGA O’XSHATISHGA HAQQING YO’Q!

Mango sizlarga kim haq berdiki o’zbek qizlarini qo’yga taqqoslashga yoki o’xshatishga?
Muhlislarning ochiq fikrini maqola sifatida omma e’tiboriga havola etishingizni kuzatib men ham bugungi kun o’zbek kliplarini taxlil qilmoqchiman, balki bu o’z fikrimdir, lekin har bir fikr yashashga haqli! Ustiga ustak tomoshabin ham san’atkorlarni tanqid qilishiga haqli.

Xullas ochiqroq qilib aytsam menga "Mango” nomli guruh umuman yoqmaydi. Negaki yaqindagi ularni "Leyli” nomli qo’shig’iga suratga olingan klipni tomosha qilib, "bu qanday maynavochlik” deb dod solgim keldi. Negaki qo’yni quchoqlab olib o'pishgani yetmaganday , ikki yigit bir biriga labini burushtirgani o’zbek yigitlariga xos bo’lgan namoyishmi? Tele kanallarda bu kabi kliplarni qanday qilib omma e’tiboriga havola etishyapti?

Mango sizlarga kim haq berdiki o’zbek qizlarini qo’yga taqqoslashga yoki o’xshatishga? Sizning ham singlingiz yoki onangiz bordur. Nahotki ular bu klipni ko’rib indashmagan va sizlarni so’kishmagan bo’lsa. Agarda sizlarni bozorda ko’rib qolsam edi, juda zo’r ish bo’lardi. Shu zahotiyoq pomidorlarni va tuxumlarni olib sizlarga mazza qilib otgan bo’lar edim. Yana shu qo’shiqda "Shak-Shakarim” deb baqirishganiga o’laymi? Shunday bemani kliplar bilan o’zligicha tez tanilishmoqchi ekanda, lekin shou-biznesga qanday kirgan bo’lsangiz shundoq chiqib ketasizlar hali. Bir kuni Mangochilarni kinochilar uyida ko’rib qoldim. Ularni yurishini aytmaysizmi? Oftob yo’q bo’lsa ham qora ko’z oynak taqib o’zlarini Maykl Jekson deb hisoblablashgan shekilli burni yuqorida, bir xil qadamlar bilan hammani e’tiboriga tushishni istab yurishganini ko’rib, kim bu satanglar desam, yonimdagilar bu Mango deyishdi. Hayriyatki Banan emas ,, bo’lmasam nima bo’lardi bilmadim. O’zlarini kliplarini saytga ham berishni ep ko’rmaganlariga hayron bo’lmang, sababi o’zlaridan uyalishganidan. Sizlarga kim huquq berdi unday qizlarni masxara qilishga?

Iltimos TV kanallari kliplarni efirga uzatishdan avval xonandalarni cho’ntagiga emas balki klipni mavzusi va ichidagi saxnalarini 4 daqiqa bo’lsa ham ko’rib keyin efirga uzatsangiz. Men muxlisa sifatida TV da unday kliplar chiqishiga qarshiman. Chunki hozirgi yosh bolalar shu kliplardan o’rnak olishadi. Ertaga ular ham qizlarni qo’yga tenglashtirsa nima qilamiz.? Xulosani chiqarasizlar deb umid qilaman. Uning ustiga Mangochilar menimcha Ummonchilarga taqlid qilishmoqda. Ummonchilar esa boshqalarga. Hullas hamma bir-biriga taqlid qilish bilan band.
Maqola Muallifi: Madinaxon


 


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: