Главная » Tanqid-shou » "Shahzoda, Rossiyalik bir yigitni sevib qolibdi" mish
"Shahzoda, Rossiyalik bir yigitni sevib qolibdi" mish

"Shahzoda, Rossiyalik bir yigitni sevib qolibdi" mish

  • Категории: Tanqid-shou
  • Название: "Shahzoda, Rossiyalik bir yigitni sevib qolibdi" mish
  • Дата релиза: 14-07-14, 17:53
"Shahzoda, Rossiyalik bir yigitni sevib qolibdi" mish

Yurtimiz juda ham ajoyibda. Allohga shukur. Har xil tabiatli insonlar, eng muhimi ko'ngli ochiq va mehmondo'st. Ko'z tegmasin ! Bu xislatlari yaxshi-yu ... faqat ba'zi kamchiliklarni e'tiborga olmaganda ... "Ba'zi kamchiliklari" - deganda men, turli xil "Mish-Mish"-u, g'iybatlarni inobatga oldim. Bir chekkada ikkita yoki uchtasi o'tirib oladida, ehehey ana mish-mishmisan, mish-mish boshlanib ketadi. "Mish-Mish" - o'zi nima ??? Shu haqda avval ma'lumot berib o'tay. Mish-Mish - bu, aniq bo'lmagan bir gapni gapirish yoki bo'lmagan gapni ham, bo'ldi deya gapirish, "Mish-Mish" deyiladi. Aynan manashu jihat, san'atkor, aktyor-u, aktirisalarimizning eng yomon ko'rganlari bo'lsa kerak. To'g'rida, eng birinchi va ko'p bor mish-mish qilinadiganlar, bu yulduzlar ! Darhaqiqat bu bejizga emas. Kimdir ko'rolmasdan gapiradi, kimdir noaniq gapni haqiqat qilib, gapirishni yaxshi ko'rganidan gapiradi. Xuddi bu, "Pashshadan - Fil yasash" iborasidek. Mish-Mish gaplar ham, xuddi G'iybatga o'xshaydi. G'iybat haqida batafsil, o'tkan maqolamda aytib o'tgandim. Mish-Mish, xuddi yomon yangilikdek, tez tarqaladi. Nimagaki, bir hodisa masalan bo'lmay turib, -"Voy faloncha-faloncha bunday bo'libdi, eshitdingmi" deya gap tarqatishadi. Xuddi rostdan ham bo'lgandek. Aslida mish-mish qilib gapirilayotgan hodisa, hechqanaqa sodir bo'lmagan, lekin odamlar og'zida bu bo'lgandek gapiriladi. Mish-mish shunchalik yaxshimikan ? Vahima qilib, kimgadir o'zlarini hamma narsadan bilag'on ko'rsatmoqchi bo'lishadimiyey. Kimnidir, yolg'ondan mish-mish sifatida internetda yozib, odamlarni o'zlariga jalb qilmoqchi bo'lishadimiyey ... Tovba ... Odamlarga ham hayronman. Baribir yolg'on gap, yolg'onda ! Ertami, kechmi haqiqat yuzaga keladi. Keyin nima deyisharkin ? ... Endi kimdir shu xislatni xush ko'rsa kerak-da ... Keling endi, ayni kundagi odamlarning og'zidagi 3 ta mish-mishlarini e'tiboringizga havola etsam. Ushbu mish-mishlarga o'zim javoblarni yozaman. Demak ...

BIRINCHI MISH-MISH:

Estradamizning yorqin yulduzi, shaddodligi va jarangdor ovozi bilan boshqa xonandalardan ajralib turadigan, "Ziyoda" ga bir yigit sovchi jo'natganmish, lekin Ziyoda uni "Kambag'al bo'lsa, o'zini tengiga sovchi jo'natsin" deya haqoratlabdimish ...
JAVOB: Shu mish-mishni tarqatgan odam, shunchalik ham pastkash bo'ladimi ? Ziyodani shu darajada yomon qiz deb, kim hisoblaydi-a ??? Qani aytsinchi ! Tuhmat qilishdan avval, unga javob berish, va uyatda qolmasliklari haqida ham, hech o'ylab ko'rishganmikan ??? Yo'q ! Chunki mish-mish tarqatayotgan pastkash insonda, bu kabi o'ylov nima qilsin ? Nima dedingiz ... Ziyodaga ko'plab sovchilar kelishidan xabaringiz bo'lsa kerak. Lekin Ziyoda, biron bir sovchiga bunaqa tarzda rad javobini bermagan. Kelgan sovchilarga, hali turmushga chiqmasligini, muhlislari uchun ijod qilishini aytgan. Ammo, manabu mish-mish esa ... E - ha-a-a bo'ldi-bo'ldi, menimcha shu mish-mishni o'sha sovchilardan biri tarqatgan. Rad javobini olgandan keyin, alam qilganda ! Nima qilishini bilmay, yomonlashdan o'zga chora topolmabdi-da ... Tovba ...

IKKINCHI MISH-MISH:

2012 - yilda, "Dajjol" kelarmish ...
JAVOB: Astag'firulloh ! Bilasizmi mish-mishchilar, shu gapizga "Vuxaxaxa" deb kulaman, tushundizmi ? "Dajjol" - deganini ayrimlar bilmasa kerak. Shu uchun ham bunga qisqacha ma'lumot beraman. "Dajjol" - xuddi "Ziyon-zahmat" dek bir gap. Qur'oni Karimda yozilishicha: "Dajjolning kelishi, qiyomat-qoyin boshlanishidan darak ekan". Avvalo Allohni o'zi saqlasin ! To'g'ri, qiyomat qachondir bo'ladi. Qachonligini esa faqatgina Alloh taolo biladi. Bu mavzuda ham, batafsil maqola yozgandim. Biz faqatgina uning alomatlarini bilishimiz mumkin xolos. Bu ham kamlik qilganidek, "Dajjol" ning kelishi kutilayotgani haqida videoseriyal ham chiqarishibdi. Qoyiley ! Mayli, bu ham bir tomondan yaxshi. Odamlarni yomon yo'ldan, to'g'ri yo'lga da'vat etishi mumkin. Lekin, noaniq bir hodisani, aniq vaqtlarigacha ko'rsatib vahima qilish, shartmikan ? Allohga xush kelarmikan bu ? Bizni kim yaratdi axir ? Yaratganga ishonmay, nega endi Mish-Mishchilarga ishonishimiz kerak ??? Nima bo'lsa ham, Alloh aytgani bo'ladi ! Alloh buyursa, o'sha Dajjol, bugun keladi kerak bo'lsa ! Yoki Alloh buyursa, 100 yildan so'ng keladi o'sha Dajjol ! Shuni unutmang !!!

UCHINCHI MISH-MISH:

O'zbek estradasining yana bir yorqin yulduzi, "Shahzoda" ni ham, mish-mishlar girdobiga tashlashdi. Ularning aytishicha: "Shahzoda, Rossiyalik bir yigitni sevib qolibdi" mish. Yana nima emish, "Hoynahoy, Rossiyaliklarning puliga uchgandirda" ...
JAVOB: Buni eshitib, ham kulgim keladi, ham jahlim chiqadi. Kim chiqargan bo'lsa ham shu gaplarni, bekorlarni 5 tasini aytibdi ! O'zidan uyalmasada, xalqdan uyalsin ! G'irt bo'xton-ku bu gaplar ! Nimaga erishmoqchi ular bundan, bilmadim ... Bekorchilikdan qaysidir ahmog'i aytgan, shu-shu tarqalib, Shahzodani yomonga chiqarishyapti. Uni qo'llab-quvvalash evaziga, mish-mishchilarning gapini qarang endi ... Shahzoda tinmay izlanib, chet el yulduzlari bilan hamkorlik qilyapti. Mashhur Yevropalik yulduz "Akcent" guruhi bilan, oz bo'lsada duet kuyladi. Rossiyalik Mashhur didjey hisoblangan, "Dj_Smash" bilan hamkorlikda bir nechta qo'shiqlar yaratdi. Qani aytingchi endi menga, yurtimizda ayol xonandalar ichida, Shahzodadan tashqari, kim shu ishlarni eplay oldi ? Maylixay, ana eplay oldi emas, eplay olardi, deylik. Shunda ham, kimnidir "Manabu xonanda ham eplay olardi" deb ko'rsata olasizmi ??? Balki "Yulduz Usmonova" dersiz. Qo'yingey, kulgimni qistatmang. Endi Yulduz usmonovani tinch qo'ying. Hurmatli Mish-Mishchilar, (buni qaranga, hurmat ham qilyapman) shunday ekan, Shahzoda o'zbek estradasining rivojiga-rivoj qo'shsa-yu, yana yomonga chiqarishmi hali ??? Uyatey ! Odamni o'zida insof bo'lmasa, bekor ekanda ... Ha aytgancha, shu kunlarda, Shahzodadan so'ngi yangilikni kim eshitdi ? Keling, shu ma'lumotni ham, e'tiboringizga havola etsam. E'tibor bering: Shahzoda, Fransiyalik mashhur didjey "Sean Bay" bilan hamkorlikda, "Flying-tonight" deb nomlangan "Hit" qo'shiq yozdi. Shahzoda, Sean Bay bilan ushbu qo'shiqga klip olishni ham rejalashtirishmoqda. Klip va qo'shiq, 2012-yilning 17-yanvarida, Yevropa bo'ylab, Premerasi bo'lishi ko'zda tutilgan. Ko'ryapsizmi ??? Endi, mish-mish qilishni bas qiling ! Vahima qilib, mish-mish tarqatayotganlar ham, bir kun kelib, Allohga mish-mish-u, g'iybatlarini bitta-bitta javobi bilan, sarhisob qilishadi ! Hozir biz mish-mishlarini eshityapmiz, ammo o'shanda, afsus-u nadomatlarini kimdir eshitarmikan ??? ...
Qadirli saytdoshlarim, ushbu fikrlarimga, siz nima deysiz ?


 


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: