Главная » Tanqid-shou » UMMON JONLI IJRO ETA OLADIMI [TANQIDIY]
UMMON JONLI IJRO ETA OLADIMI [TANQIDIY]

UMMON JONLI IJRO ETA OLADIMI [TANQIDIY]

  • Категории: Tanqid-shou
  • Название: UMMON JONLI IJRO ETA OLADIMI [TANQIDIY]
  • Дата релиза: 14-07-14, 17:57
UMMON JONLI IJRO ETA OLADIMI [TANQIDIY]

2012 - yilda, fonagrammada kuylash qat'iyan taqiqlanarmish, degan gaplar kezib yuribdi. Rostdan ham shu narsa bo'larmikan ??? Ooo, qaniydi shunday bo'lganida ... Sahnaga chiqib olib, og'zini yolg'ondaka qimillatgandan, bor san'atini namoyon etib, jonli kuylaganga nima yetsin. Shunda muhlislar ham, konsertdan yanada ulkan ta'surot va zavq olishgan bo'larmidi ... Ammo, jonli kuylashni, hamma xonandalarimiz ham, uddalay olisharmikan ? Qaysi xonandalarimiz qo'rqmay jonli kuylay olishadi ? Qiziq ... Endi maqolam qahramonlariga to'xtalsam. "Ummon" guruhi ! Mana hozirgacha bu guruh, ko'plab konsert dasturlarini berdi. Viloyatlarda ham, 2 martalab konsertlar ... Shu paytgacha Ummondan bir nechta mp3 qo'shiqlarni tingladik. Biroq, bu guruhdan bir marotaba bo'lsada, jonli qo'shiq tingladikmi ??? Konsertlarida ham, hech bo'lmasa bir marta jonli kuylashdimi ? Yo'q ! Nega ? Kuylasholmaydimi ? Ba'zilar "ovozi chiqmay qolishidan qo'rqib, kuylolmasa kerakda" desa, yana ba'zilar "ularni ovozi yo'q, kompyuterda hammasini to'g'irlashadi, shuning uchun jonli kuylolmaydi" deyishadi. Xo'sh, bu kabi o'ylovlar qanchalik asosli ? Kompyuterdan-ku o'zi barcha san'atkorlar foydalanadi. Ummonni konsertlarini kuzatar ekanmiz, fonagrammani yoqib qo'yishadida, aytilgan qo'shiq ustidan aytishadi. Ya'ni yozilgan qo'shig'ga, qo'shimcha qilishadi. (Har holda yolg'ondaqa og'iz qimillatib o'tirgandan yaxshida) Bu ishni bir Ummon emas, ko'pgina san'atkorlarimiz qilishadi. Biz-ku mayli, bunga indamayapmiz. Lekin o'zlari hech o'ylab ko'risharmikan, fonagarammadan foydalanilgani uchun, uzr sifatidami, xijolat bo'lmaslik sifatidami 1 ta yoki 2 ta qo'shiqni jonli ijro etishni ? Chet davlatlarida aynan manashu fonagrammadan foydalanish, qat'iyan taqiqlangan. Xonandalari konsert berishsa, barcha qo'shiqlarini jonli kuylashadi. Bizda-chi ? Sahnaga chiqib olib, og'zini qimirlatsa bo'ldi. 2 soatlik konsert shu bilan o'tadi ketadi. Bu haligi, nima desam ekan, xuddi oldizda qaysidir xonanda, hardoimgi eshitib yuradigan mp3 qo'shig'ingizni qo'yib, og'iz qimirlatib o'tirgandek. Shu ham konsertmi ? Konsertga faqat xonandani basharasini e yo'g'ey yuzini ko'rgani tusharkanmizda ? Unda fonagrafniy qo'shiqni nima keragi bor ? Qulog'imizga naushnik taqib olib, tinchgina og'iz qimillatishlarini-yu, o'zini kuzatib o'tirsak ham bo'laverarkanda-a ??! Kechirasiz-u, Xalqimizga rahmat ayting siz san'atkorlar ! Nimaga deganda, muhlislar toshbo'ron qilib, jonli ijro talab qilmaganlariga ... Yevropalik mashhur qo'shiqchi, "Shakira" Rossiyaga kelib konsert berdi. Konsertida esa fonagrammadan foydalandi. Buni sezib qolgan ruslar, konsertdan norozilik bildirib, xarid qilingan chiptani pulini, qaytarib berishlarini talab qilishdi. Ko'ryapsizmi ? Chet davlatlarda jonli ijroni qadirlashadi. Agar Ummon, Rossiyada ruslar uchun konsert berganida bormi .... Vooy-voy-voy ... bilmadim nima bo'lardi ... Jonli ijro shunchalik ma'suliyatliki, har kim ham buni eplay olmaydi. Minglab odamlar qarshisida turib, to'g'ridan-to'g'ri ovoziz boricha qo'shiq aytish, naqadar hayajonli va mas'uliyatli. Balki Ummon, bu jihatlarga hali tayyor emasdir ... Yana kim bilsin ... Xabarlarga qaraganda "Ucell" kompaniyasi hamkorligida, Ummon guruhi o'z muhlislari bilan, jonli uchrashuvni uyushtirmoqda. Ya'ni samimiy suhbat. Xullas jonli uchrashuvda, Ummon 2011-yil sarhisobini muhlislariga topshiradi. Muhlislari, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari va guruh ijrosidagi bir nechta qo'shiqlardan bahramand bo'lishlari mumkin. E'tiborlisi, Ummon bu uchrashuvda 1 - 2 ta qo'shiqni jonli kuylamoqchi. Qiziq ... Rostdanmikan ? Yana yolg'ondaqa og'iz qimilatib, ovoz qo'shish bo'lmasmikan ? Uchrashuv 17-dekabr, soat 16:00 da "Zarafshon" konsert zalida bo'lib o'tadi. Demak kutamiz va ko'ramiz. Ha aytgancha, shu o'rinda yana bir ma'lumotni aytib o'tay. Sevimli xonandamiz "Farruh Hamroyev" ni ham, "Ovozi yo'q, kompyuterdan ko'p foydalanadi, jonli kuylolmaydi" deya ustidan kulishgandi. Oqibatda nima bo'ldi, bilasizmi ? Farruh shu yilning, sentyabr oyida, "Turkiston" saroyida ilk konsertini o'tkazdi va bir nechta qo'shiqlarni jonli kuyladi. Ya'ni bu bilan jonli ijroda ham kuylay olishini isbotlagandi. Arosatda qolgan mish-mishchilar, o'zlari uchun kerakli xulosani chiqarib olgandi. Qani endi Ummonchilarni ko'ramiz. "Ummon baribir Ummon" - bo'lsa, jonli ijroni ham, ajoyib tarzda kuylashni, uddalay oladi ! Muhlislar qo'llab-quvvatlashsa, menimcha hammasi yaxshi o'tadi. Bu yo'lda ularga omad tilab qolamiz ! Hozircha ma'lumotlarimiz shulardan iborat. "Hayol.uz" ni kuzatishda davom eting. Bu maqola xusisada ham, hali yana batafsil to'xtalamiz. Eng so'ngi yangiliklarni yoritib borishda davom etamiz ... 
 


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: