Albina

Albina

Albina
Albina Urazbayeva 1989-yil 12-oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida san'atkorlar oilasida tavallud topdi. 1-sinfdan Toshkentdagi Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi, so'ng Uspenskiy nomidagi musiqa litseyining kompozitorlik bo'limida tahsil oldi. Hozirda esa O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining "Bastakorlik san'ati" fakultetida tahsil olmoqda. Albina 3-4 yoshligidanoq otasi bilan Nukusda simfonik orkestr bilan qo'shiq ijro etardi. Qo'shiqqa qiziqishi, ishtiyoqi juda ham baland edi. 8-sinfda o'qib yurgan vaqtlarida esa Albina mustaqil o'zi kuy bastalar edi. Uning ilk bastalagan qo'shig'i "Seni sevmay" qo'shig'i bo'lgan. Hamda 8-sinfda o'qib yurgan vaqtida "Qismatdosh" qo'shig'ini yozdi va ijro etdi. 2010-yilda rejissyor Ravshan Norboyevning "O'yin ichida o'yin" filmida "Ko'zlarimda yosh" soundtrekini ijro etdi. Bu qo'shiq xit darajaga yetdi. Keyingi xit qo'shiqlari "Yulduzli kecham", "Xeylilla", "Bu sevgi", "Million atir gul" va "Sen ketmagin" qo'shiqlari bo'lgan. Yuqorida qayd etilgan qo'shiqlarning barchasi Albina muallifligidagi qo'shiqlardir. Xonanda hozirgi kungacha 40-50tagacha qo'shiqlarni bastalagan. Aynan o'zbek estrada yulduzlaridan Ziyoda, Iskander va Muzaffar Abduazimovlarga qo'shiq yozib, musiqalar bastalagan. Har yili yosh bastakorlar uyushmasi O'zbekiston Davlat Konservatoriyasida o'tkazadigan konsertlarda Albina faol ishtirok etadi. 2009-yilda "Sharq ayoli" festivalida ishtirok etib fahrli diplom bilan taqdirlandi. 2010-yilda "Yosh bastakorlar" ko'rik-tanlovida eng yaxshi xor akapella uchun fahrli 3-o’rin sohibasi bo'ldi. 2011-yilda esa Navro'z bayramiga bag'ishlangan yosh bastakorlar ko'rik-tanlovida oliy 1-o'rin sohibasi bo'ldi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: