Главная » Yulduzlar hayoti va ijodi haqida » Iroda Nosirova [Biografiya]
Iroda Nosirova [Biografiya]

Iroda Nosirova [Biografiya]

Iroda Nosirova [Biografiya]
Men Iroda Nosirova .... yil 20 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelganman. Oilam haqida ko'p gapirishni yoqtirmayman. Aytishim mumkin bo'lganlari ota-onam, ukam va singlim bor. Ular bilan birga istiqomat qilaman. Toshkent shahridagi 287-o'rta maktabda tahsil oldim.

Mening qo'shiqchilik borasidagi sahnadagi ilk qadamlarim maktab sahnasidan boshlangan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Maktabda o'qib yurgan kezlarim "Ilhom chashmalari" va boshqa qo'shiq konkurslarida qatnashardim. Hatto "San'at g'unchalari" televizion ko'rsatuvida to'g'ridan-to'g'ri efirda Vatan haqida rosa hayajonlanib qo'shiq kuylaganman, bu adashmasam 1995 yil edi. Shu bilan birgalikda 8 yil davomida drama to'garagining qatnashchisi edim. Hatto ba'zilar ishonmasligi mumkin, Akmal Ikromov tumanidagi prezident archasida 2 yil davomida yalmog'iz kampir obrazini ijro etganman. Hullas maktabni tamomlab Pedagogika Unversitetiga o'qishga kirdim. O'zbek tili filologligi bo'yicha o'qib, jurnalist bo'lishni rejalashtirib qo'ygandim. Shu yilning o'zidayoq "Yoshlar" telekanalining "Davr" infotmatsion dasturiga ishga kirdim. Ushbu ko'rsatuvda 4 yil faoliyat yuritdim. Keyin bolalikdagi orzularim ustun keldi shekilli yana qo'shiq kuylash va kinoda suratga tushish istagi meni o'ziga torta boshladi. Hozirgacha 7ta filmda suratga tushdim. Qo'shiqchilik borasida esa ko'proq o'zim uchun kuylaganimdan uni jiddiy rivojlantirish haqida shu paytgacha o'ylamagan ekanman.

Ismimni rahmatli buvijonim irodali bo'lsin deb qo'yganlar. Ismimga munosib bo'lishga harakat qilaman. Allohning qahridan va qorong'ulikdan qo'rqaman. Sofdil, sodda, oqko'ngil, haqgo'y va samimiy insonlarni yaxshi ko'raman. Bularning aksini yomon ko'raman. Qo'shiqchi bo'lmaganimda organ xodimi yoki sportchi bo'lardim. Sport turlaridan futbol va boksni yaxshi ko'raman. O'zim suzishga qatnashaman. Qizil, oq-qora, hullas yorqin ranglarga o'chman. Oshni va yapon sushisini haftada har kun yeyishga tayyorman. "Chanel", "Gucci", "Kasharel" atirlarini xush ko'raman.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: