Главная » Yangiliklar » ​“102” xizmatiga “Samarqand Darvoza”ga portlovchi modda o`rnatilganligi haqida habar kelib tushdi
​“102” xizmatiga “Samarqand Darvoza”ga portlovchi modda o`rnatilganligi haqida habar kelib tushdi

​“102” xizmatiga “Samarqand Darvoza”ga portlovchi modda o`rnatilganligi haqida habar kelib tushdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​“102” xizmatiga “Samarqand Darvoza”ga portlovchi modda o`rnatilganligi haqida habar kelib tushdi
  • Дата релиза: 17-05-17, 10:57
​“102” xizmatiga “Samarqand Darvoza”ga portlovchi modda o`rnatilganligi haqida habar kelib tushdi
Joriy yilning 14 may kuni “102” xizmatiga qo`ng`iroq qilib, bezorilik oqibatida Qoratosh ko`chasida joylashgan “Samarqand Darvoza” savdo majmuasining 3-qavatida ikki noma`lum hijob o`rangan ayollar tomonidan mazkur savdo majmuasiga portlovchi modda o`rnatilganligi haqida habar kelib tushdi.

Shu kuni soat 11:00 da Shayxontohur tumanida, 1998 yilda tug`ilgan, Toshkent viloyati yashovchi fuqaroning bergan yuqoridagi habariga asosan, voqea joyiga O`zbekiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va tuman mas`ul xodimlari, tergov-tezkor guruhlari hamda boshqa xizmatlar chiqdilar.

Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida “Samarqand Darvoza” savdo majmuasidagi fuqarolar havfsiz joyga olib chiqilib, bino ko`zdan kechirilgan. Savdo majmuasida hech qanday portlovchi modda va boshqa shubhali narsalar aniqlanmagan.

O`tkazilgan tezkor surishtiruv davomida, fuqaro ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini chalg`itib, yolg`on habar berganligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: