Главная » Скачать музыку


Yerga osmono`par bino kattaligida ulkan asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 10 avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 17 ming kilometrda harakatlanib, Erdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib o`tadi.Ta`kidlanishicha, bu asteroidni Erga yaqin ob`ekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari asteroid Erdan 0,05 astronomik birlikdan qisqa masofada o`tgani uchun uni xavfli asteroidlar qatoriga qo`shish mumkin. Ushbu asteroidning diametri taxminan 570 metrni tashkil etadi. Bu esa AQShdagi mashhur Empayr-steyt-bilding o`smono`par binosi balandligi (443 metr)dan ham kattadir. NASA’ vakillarining qayd etishicha, hozirda bu fazoviy jism Erga hech qanday xavf tug`dirmaydi. Chunki har yili o`rtacha oltita bu kattalikdagi asteroid Er oldidan uchib o`tadi. NASA erga yaqin ob`ektlarni kuzatishda va asteroid xavfiga qarshi choralar ishlab chiqishda davom etadi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 07-08-19 | Комментарии (0)


Iqlimshunoslarning ta`kidlashicha, 2019 yilning iyul oyi meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq mavsum sifatida qayd etildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Evropaning iqlim o`zgarishi jarayonlarini monitoring qilish xizmati ma`lumotlariga ko`ra, iyul oyidagi o`rtacha harorat 1981-2010 yillar davomidagi o`rtacha havo harorati ko`rsatkichlaridan 0,56 daraja yuqori bo`lgan. Iyul odatda yilning eng issiq oyi hisoblanadi. Biroq atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlarning yil sayin ortib borayotgani o`z navbatida haroratning ko`tarilishiga sabab bo`lmoqda. Buning ortidan esa havo haroratining issiqligi bo`yicha rekord ko`rsatkichlar qayd etilmoqda.

Mutaxassislar bergan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning iyul oyidagi o`rtacha harorat, bundan avvalgi 2016 yilning ayni shu davrida qayd etilgan rekord ko`rsatkichdan Selsiy bo`yicha 0,04 darajaga yuqori bo`lgan. O`tgan oyda G`arbiy Evropada anomal jazirama kuzatildi. Aksariyat mamlakatlarda harorat bilan bog` ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 07-08-19 | Комментарии (0)


Davlat rahbarining Qurbon hayitini nishonlash to`g`risidagi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq O`zbekistonda Qurbon hayiti 11 avgust kuni nishonlanishi belgilandi. Bayram kuni O`zbekistonda 2 mingdan ortiq jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi o`qiladi. Quyida namoz vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin:
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 07-08-19 | Комментарии (0)


Gidrometeorologiya xizmati markazi 6 - 9 avgust kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 avgustda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 avgustda 22-27 daraja issiq, 8-9 avgustda 15-20 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 6 avgustda 37-42 daraja, 7-9 avgustda 27-32 daraja issiqqacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-9 avgustda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8 avgustda 23-28 daraja, 9 avgustda 20-25 daraja, kunduzi 6-7 avgustda 38-43 daraja, 8-9 avgustda 30-35 daraja iliqqacha pasayadi.

Toshkent, Samar ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 06-08-19 | Комментарии (0)


— Rahmatli ota-onamning uyi onamning nomida qolgan, unda hech kim ro`yxatda turmaydi. Besh farzand edik, shundan akam va men hayotmiz. Uyni akam­ning nomiga o`tkazmoqchi bo`lsak, ruhiy ahvoli yaxshi bo`lmagani uchun tegishli tashkilotdan qaytarishdi. Shu bois uyni no­mimga o`tkazmoqchi edim. Biroq olamdan o`tgan katta akamning qonuniy ajrashgan rafiqasi va ularning farzandlari uyga da`vo qilib, sud­ga berishibdi. Bunga ular haqlimi? Vaholanki, rahmatli akamning qonuniy ikkinchi oilasi bor.

N.Sultonboeva, Toshkent shahri Olmazor tumani

Savolga Sherzod RAJABOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi raisi javob berdi:

— Bunda akangizni ota-onangizdan oldin yoki keyinva­fot etganligini aniqlash merosxo`r bo`lish tartibini belgilashda muhim o`rin tuta­di. Fuqarolik kodeksining 1140-moddasiga ko`ra, taqdim qilish huquqi bo`yicha vorislik qonun bo`yicha merosxo`r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegis ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 06-08-19 | Комментарии (0)


— Rafiqamning avvalgi turmushidan farzandini o`z familiyamga o`tkazishim mumkinmi?

B. Ortiqov, Navoiy shahri

Savolga Sherzod RAJABOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi raisi javob berdi:

— Agar bolaning biologik otasi notarial tar­tibda o`z roziligini bergan bo`lsa, farzandlikka olish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish yo`li bilan olinadi. Agar sud farzandlikka olish haqida qaror chiqarsa, mazkur qaror bilan bola­ning tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari­ga tegishli o`zgartirishlar kiritiladi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 06-08-19 | Комментарии (0)


O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Janubiy Koreyaga yo`l oldi.
Xonandaning aytishicha, u turmush o`rtog`i va o`zining sog`lig`ini tekshirtirish uchun Koreyadagi klinikaga ketdi. Aniq sabablari haqida oshkor etgani yo`q.

Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 05-08-19 | Комментарии (0)


Prezident qaroriga muvofiq, O`zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 11 avgust kuni keng nishonlanishi haqida xabar bergandik.

Ma`lumki, avvalgi Hayit bayramlari munosabati bilan qo`shimcha dam olish kunlari belgilanar edi. Endi ko`pchilikda savol tug`ilishi mumkin: "11 avgust yakshanba, ya`ni dam olish kuniga to`g`ri kelyapti. Bu yilgi Qurbon hayitida qo`shimcha dam olish kunlari bo`ladimi?

Huquqshunos, bloger Xushnud Xudoyberdievning yozishicha, joriy yilgi Qurbon Hayiti munosabati bilan qo`shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan. "Bu degani, Hayitning ertasi kuni, ya`ni 12 avgust, dushanba kuni barcha uchun ish kuni bo`ladi. Hayitdan oldingi arafa kuni, ya`ni 10 avgust, shanba kuni esa 5 kunliklarga odatiy dam olish kuni, 6 kunliklarga esa ish kuni bo`ladi", - deydi huquqshunos.

ESLATIB O`TAMIZ, o`tgan yili yurtimizda Qurbon hayiti 21-23 avgust kunlari nishonlangandi. Prezidentning 2018 yil 16 avgustdagi "Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida" ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 05-08-19 | Комментарии (0)


Avvalroq, gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotlariga asoslanib 2-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatilishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston FVV mana shunday issiq havoda aholiga jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

JAZIRAMA ISSIQ – bir necha kunda o‘rtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga ko‘tarilishini anglatadi.

Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1 oС dan ko‘tarilishi, yoki tana haroratining 38.8 oС ga ko‘tarilib inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko‘tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqqa olib keladi. Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

Jazirama issiqqa tayyorgarlik choralari

Suv zaxirasini yaratish uchun qo‘shimcha idishlarga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiq kunga mo‘ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunal ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 30-06-19 | Комментарии (0)


Ijtimoiy tarmoqlar orqali kutilmaganda Mustaqillik maydonidagi favvoraning olib tashlanayotgani haqida xabarlar paydo bo`ldi.

Ammo unday emas. Hozirda bu erda to`liq ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur favvoraning qurilganiga 50 yil bo`lgan. Hozirda uning ayrim joylari darz ketgan. Agar vaqtida ta`mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli bor.

Qolaversa, favvora u vaqtga nisbatdan 8 barobar ko`p elektroenergiya iste`mol qiladi. Hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab elektr yanada tejaladi.

Shu yil oxiriga qadar favvora ta`mirlanib, zamonaviy ko`rinishda qayta ishga tushiriladi.

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 13-06-19 | Комментарии (0)


Ro'za oyi 2019 yil 5 maydan 3 iyungacha

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 28-02-19 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 8-10 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kech ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 15-02-19 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 9-11 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joyla ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 13-02-19 | Комментарии (0)


Joriy yilning 14 fevral kuni Qamchiq dovonida qor yog`ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib ko`rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15-18 metr sekundgacha kuchayishi, yo`llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo`lning muzlashi kutilmoqda.

«Hurmatli haydovchilar harakatlanishdan oldin avtomashinangizni texnik sozligiga va mavsumiy avtoshinalardan foydalangan holda harakatlanishingizni tavsiya etamiz», - deyiladi FVV xabarida.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 13-02-19 | Комментарии (1)


O`zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 12 fevralidan xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Mazkur haftada AQSh dollari kursi 6.38 so`mga tushdi va bir dollar narxi 8395.15 so`m bo`ldi.

Evro ham 113.08 so`mga pastlab, 9510.03 so`m etib belgilandi.

Rossiya rubli ham biroz arzonlab, 127.67 so`m bo`ldi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 12-02-19 | Комментарии (0)


Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yong`in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yong`in o`chiruvchi kvadrosikl yaratildi.

“Uz Dong Yang Ko” qo`shma korxonasida takomillashtirilgan ushbu vosita avtomashina harakatlanishi uchun eng noqulay hisoblangan yo`llarda ham bemalol yura oladi. Ayniqsa, shahar sharoitidagi tirbandliklar, tor ko`chalarda manzilga kirib borish uning uchun cho`t emas, deb yozmoqda “Xalq so`zi”

— Kvadrosikl 100 litr hajmli suv sig`imi, kichik motopila, 16 metr shlang, mobil aloqa vositasi, ovozkuchaytirgich, sirena bilan ta`minlangan, — deydi boshqarma boshlig`ining o`rinbosari Jasurbek Karimov. — Shuningdek, undan joylarda patrul xizmatini, aholi o`rtasida targ`ibot ishlarini tashkil etishda ham foydalansa bo`ladi. Shu bois uni “Yong`in o`chirish patruli” deb nomladik.

Bugina emas, “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati bilan ham yangi moslama vujudga keldiki, uning natijasida yong`in paytida 5 kishi tomonidan amalg ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 12-02-19 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 14-16 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Su ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 12-02-19 | Комментарии (0)


Assalomu alaykum bizning yangi MP3 taronalar saytimiz xmuzon.ru - новинки музыки marhamad tashrif buyuring u yerda siz original xech qanday reklama ovozsiz qo'shiqlarni yuklab olishingiz mumkin va mp3larni saytda turib onlayn eshtib ko'rish imkonyatiga egasiz!

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 11-02-19 | Комментарии (1)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7-11 fevral kunlari respublikamizning tog`li tumanlarida qor ko`chishi xavfi bor.

8 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va S ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 08-02-19 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Xorazm viloyatida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbd ... Читать дальше »

Категория: Yangiliklar |  Добавил: Админ | Дата: 06-02-19 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 134 135 »