Главная » Yangiliklar » ​13 YoShIDA MAShHUR BO`LGAN O`ZJAN DENIZ: ONAMGA BERGAN VA`DAMNING USTIDAN ChIQDIM…
​13 YoShIDA MAShHUR BO`LGAN O`ZJAN DENIZ: ONAMGA BERGAN VA`DAMNING USTIDAN ChIQDIM…

​13 YoShIDA MAShHUR BO`LGAN O`ZJAN DENIZ: ONAMGA BERGAN VA`DAMNING USTIDAN ChIQDIM…

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​13 YoShIDA MAShHUR BO`LGAN O`ZJAN DENIZ: ONAMGA BERGAN VA`DAMNING USTIDAN ChIQDIM…
  • Дата релиза: 18-08-17, 20:37
​13 YoShIDA MAShHUR BO`LGAN O`ZJAN DENIZ: ONAMGA BERGAN VA`DAMNING USTIDAN ChIQDIM…
O`zbek muxlislariga «Ishkomli uy» seriali orqali yaxshi tanish aktyor O`zjan Denizning butun dunyo bo`ylab muxlislari topiladi desak, xato bo`lmaydi. Sharq erkaklariga xos qosh-ko`z va tashqi ko`rinishga ega ijodkor nafaqat aktyorlik mahorati bilan tilga tushgan, balki san`atning bir necha yo`nalishida ijod qilib kelayotganlardan. Sahifamiz davomida barchasi haqida birma-bir so`z yuritishga harakat qilamiz. Ha aytgancha, uning shaxsiy hayoti ham e`tiborimizdan chetda qolmadi...

O`ziga ishongan aktyor!

Aktyorning ijodini baholagan san`atshunoslar «O`zjan — o`z kuchi va imkoniyatiga ishongan, qa`tiyatli ijodkor hech qachon xor bo`lmasligining yaqqol isbotidir», deya fikr bildirishadi. Bejizga unga bunday ta`rif berilmaganiga maqolani o`qib chiqqach, o`zingiz amin bo`lasiz.

San`atga sehrlagan bolakay...

O`zjan Deniz 1972 yil Turkiyaning Anqara shahrida dunyoga kelgan bo`lsa ham, bolalik va o`smirligi Istanbulda o`tgan. U kichikligidan iqtidori va ko`rkam bo`y-basti bilan boshqalardan ajralib turardi. Uning yana bir yutug`i, chiroyli ovozida ekanligini alohida ta`kidlab o`tmasdan ilojimiz yo`q. Aktyor san`at aynan qo`shiq kuylab qadam qo`ygan. Avvaliga havas cheksiz mehr aylandi, keyinchalik O`zjanni qa`tiy qaror qabul qildi. Bolakay hatto o`rta maktabdagi o`qishini tashlab, boshi bilan ijodga sho`ng`ib ketdi. Bu qaroridan uni ota-onasi va yaqinlari ham qaytara olishmadi. Ijodkor «San`at meni o`ziga ipsiz bog`lab olgan edi, ko`zimga hech narsa ko`rinmasdi. Chinakamiga telbaga aylangandim. O`shanda onam «O`ylamay qadam bosib kelajagingni barbod qilayapsan», deb hafa bo`lardi. Lekin, mana, yillar o`tib, aslida ko`nglim amriga quloq tutib to`g`ri qilganimni isbotlaganimdan baxtiyorman», deya o`sha damlarni eslaydi.

Shunday qilib, 13 yasharligida ijodiy faoliyati boshlangan O`zjan Deniz professional darajadagi ijrosi bilan tilga tusha boshladi. 16 yoshda Antaliya bo`ylab gastrol safarini uyushtirgani esa so`zlarimizning isbotidir. San`atdan ma`naviy ozuqa olib, rohatda ishlagan ijodkor yaqinlarining moliyaviy ahvolini yaxshilashga ham ko`mak berardi. 17 yoshga to`lganida esa Germaniyaga yo`l oladi. Maqsad — imkoniyatlarini chegaralamasdan, mahoratini oshirish edi. O`zini tutishni, o`z uslubini topishni ham uch yil davomida aynan shu mamlakatda o`rganadi. Myunxendan vataniga qaytgach, harbiy xizmatga jo`nab ketadi. Sevimli ishidan uch yilga uzoqlashgan O`zjan xizmat muddati tugagach, faqat xonandalik bilan chegaralanmay, o`zidagi yashirin qobiliyatlarini ham namoyon eta boshlaydi.

Kinoga ilk qadam...

23 yoshida uni seriyalga taklif etishadi. Ochig`ini aytish kerak, bu O`zjan uchun ham kutilmagan istak edi. Ya`ni xarbiy xizmatdan endi qaytganida o`zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish «Ishkomli uy» serialining rejissyori uni bosh rolga taklif qiladi. Buni qarangki, O`zjanning bu yo`nalishda ham omadi kela boshlaydi. Yuqorida aktyorning bir necha bor ta`kidlangan ko`rkamligi melodrama janrini sevuvchi teletomoshabinlarini befarq qoldirmadi va ular O`zjanni aktyor sifatida qayta kashf etishdi. «Ishkomli uy» orqali O`zjan qisqa fursat ichida hayratlanarli darajada mashhurlikka erishdi. Bir ma`lumotni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, kinodagi muvaffaqiyati uning xonandalikdagi faoliyatiga aslo salbiy ta`sir ko`rsatmagan. U yangi qo`shiqlari bilan tinglovchilarni xushnud etish bilan birga yakkaxon konsertlar uyushtirishga ham ulgurardi. Shuningdek, o`sha yillari uning — «Mening farishtam» nomli mashhur musiqiy to`plami sotuvga chiqqan. Birinchi albomdan so`ng ko`p o`tmay «Muhabbat yulduzi» to`plamini ham taqdim etgan.

Kutilmaganda o`zi uchun kashf etgan kino olamida «Endi u soldat», «Iyun oqshomi» va «Qaerdasan, Firuza?» kabi kinoloyihalarda muvaffaqiyatli chiqishlarni amalga oshirdi. Aktyorning turli xarakterdagi rollarini tomoshabinlar qiziqish bilan kuzatishdi. Mamlakatning eng mashhur aktyori deya ta`riflana boshlangan O`zjan ishtirokidagi film va seriallar chet ellarda ham katta mamnuniyat bilan qabul qilina boshlangandi. Bu esa uning muxlislari sonini orttirib, «geografiya»sini kengaytirishiga xizmat qildi.

Kino olamidagi yana bir ko`zga ko`ringan roli — Nejat. Yosh, qalbida o`ti bor oshiq yigit roli qizlarning e`tiboriga tushdi. «Xavfli muhabbat» kartinasi aktyorga olamshumul shuhrat keltirdi. U romantik qahramonni shunday mahorat bilan gavdalantirgan etgandiki, hatto aktyorga mamlakatning zamonaviy Rameosi deya ta`rif bera boshlashdi.

Navbat rejissyorlikka...

2011 yilda O`zjan Deniz o`zini yana tajriba maydoniga otdi. «Ikkinchi imkon» kartinasida u mashhur aktrisa Nurgul Yashilchay bilan partnyor bo`lgan.

Shaxsiy hayot...

Ijodini faol tarzda olib borishga erishgan mashhur aktyor, xonanda va rejissyorning shaxsiy hayoti ham rang-barang. 44 yoshni qarshilagan Deniz uzoq yillik faoliyati davomida bir qancha aktrisa va xonandalar bilan baxtini sinab ko`rdi. Ammo uning o`zi bu haqda ko`p gapirishni istamaydi.

Qahramonimiz 1991 yilda aktrisa Xandan Deniz bilan turmush quradi. Lekin muhabbat bilan bog`langan oila rishtasi 9 yil davom etgan, xolos. 2000–2001 yillardan boshlab esa u yana bir aktrisaning oshig`iga aylanadi. Afsuski, bu munosabatlar ham mustahkam emasdi. Mashhur aktrisa Faxrie Evjen bilan muhabbat qissalari 2013 yil o`z yakuniga etdi. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha bunga O`zjanning o`zi aybdor. Mish-mishlarga qaraganda, Faxrie jurnalistlar tomonidan olingan paparassiya suratlarida sevgilisini bir model qiz bilan ko`rib qolgan...

Shaxsiy hayotdagi bunday omadsizliklarni kuzatib turgan aktyorning onasi nabirali bo`lish maqsadida o`g`liga qat`iy shart qo`yadi. Lekin mashhur o`g`il haligacha jiddiy munosabat qurib, oilali bo`lish haqida so`z ochganicha yo`q, hamon bo`ydoq sanladi.

Ayni kunlarda «Istanbullik kelin» serialida suratga tushayotgan O`zjan haqida yuqorida aytilgan «kat`iyatli» ta`rifi juda to`g`ri qo`llanilganiga hech shubha qolmadi. Oddiygina, o`rtahol oiladan chiqib, hatto, bilim olishdan ham voz kechib o`zini san`atga bag`ishlagan aktyor ana shunday tarzda yutuqlarni birma-bir qarshi olmoqda. Bolalikdagi orzu va maqsadlariga erishib, onasiga bergan va`dasining ustidan chiqib, kelajagini yarata olgan ijodkordan yana ko`plab ijodiy ishlarni kutib qolamiz.

Aktyorning butun dunyoga mashhur serial va filmlari:

Seriallar

«Ishkomli uy» («Asmali konak») 2002 yil;

«Taqdirim yozilgan kun» («Kaderimin yazildigi gun») 2014 yil;

«Qora atirgul» («Karagul») 2013 yil;

Filmlar

«Suv va olov» («Su ve Ates») 2013 yil;

«Shundan so`ng-chi?» («Ya sonar?») 2011 yil;

«Qalbim uyi» («Evim sensin») 2012 yil;

«Araf» 2012 yil;

Aliya SULAYMANOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: