Главная » Yangiliklar » 13 yoshli qizning yostig‘i ostidagi Samsung Galaxy S4 yonib ketdi
13 yoshli qizning yostig‘i ostidagi Samsung Galaxy S4 yonib ketdi

13 yoshli qizning yostig‘i ostidagi Samsung Galaxy S4 yonib ketdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 13 yoshli qizning yostig‘i ostidagi Samsung Galaxy S4 yonib ketdi
  • Дата релиза: 28-07-14, 21:57
13 yoshli qizning yostig‘i ostidagi Samsung Galaxy S4 yonib ketdi
Texaslik Ariel Tolfri ismli 13 yashar qiz yostig‘ining ostida Galaxy S4 smartfonini qo‘yib uyquga ketgan va tunda tutun isidan uyg‘ongan. Afsuski bu achchiq tutun isi yonayotgan Galaxy S4 smarfoniga tegishli bo‘lgan. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Qiz yana uxlashga yotgan, lekin tutun isidan qayta uyg‘onishga majbur bo‘lgan. Bungacha esa smartfon tanib bo‘lmas darajada yonib ulgurgan.

Ariel oila a’zolarining fikriga ko‘ra, smartfon batareyasining almashtirilgani uning yonishiga sabab bo‘lgan. Phonearena.com saytining ta’kidlashicha, batareya Samsung’ning rasmiy tasdiqlangan mahsuloti bo‘lmagan.


Bunday vaziyatda Samsung kompaniyasi qizning smartfonini almashtirib berish, yong‘in ta’sir qilgan yotoqxona buyumlarini yangilashni zimmasiga olmaydi.

Chunki, Samsung kompaniyasi foydalanuvchilarni “Qurilmani choyshab, tana, qalin mato yoki havo aylanishiga ta’sir qiluvchi istalgan narsa bilan o‘rash, tana jarohati yoki qurilma sifatining buzilishiga sabab bo‘luvchi portlash yoki yong‘in chiqishiga olib keladi”, deya ogohlantiradi.


DailyMail’ning yozishicha, qizning otasi Samsung kompaniyasini aybdor deb biladi va bunday ogohlantirish sigaret qutisidagi kabi katta-katta qilib yozib qo‘yish kerak, deb hisoblaydi.

Samsung kompaniyasi esa batareya bilan bog‘liq muammolarni jiddiy deb bilishini ta’kidlagan va muammoni to‘liq tekshirish uchun qizning oilasidan yongan smartfonni kompaniyaga yuborishini so‘ragan.
Логин:
Пароль: