Главная » 2018 » Июнь » 14 » 15 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
18:26
15 iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 iyun kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo'ladi.
Toshkent viloyatida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo'ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. G'arbdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo'ladi.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 25-30 daraja iliq bo'ladi.
Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo'ladi.
Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | | Добавил: Админ | Теги: 15 iyun kuni kutilayotgan ob-havo m | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]