Главная » Yangiliklar » 18 aprel kuni O'zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
18 aprel kuni O'zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

18 aprel kuni O'zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 18 aprel kuni O'zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
  • Дата релиза: 17-04-17, 14:57
18 aprel kuni O'zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 21-23 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 2000 metrdan baland hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Логин:
Пароль: